So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

"Toshbuloq" oltin dubl sohibi Yangiliklar

"Toshbuloq" oltin dubl sohibi

Kecha Namangan viloyat birinchiligi ikkinchi ligada bo'lib o'tgan hal qiluvchi ikki o'yindan keyin mavsum yakunlandi

Dastlab “Navbahor-Umid” futbol maktabi maydonida “CHortoq” va “Yoshlik” jamoalari uchinchi o'rin uchun maydonga tushishdi. Uchrashuvda chortoqliklar 4:0 hisobida g'alaba qozonib, birinchilikning bronza medallariga ega chiqishdi. Final o'yini esa “Yosh kuch” stadionida bo'lib o'tdi. “Toshbuloq” va “Yosh kuch” jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik keskin va murosasiz ruhda o'tganligini etirof etish joiz. Yakunda bahs taqdirini “Toshbuloq” futbolchisi Jo'rabek Tursunboevning yagona goli hal qildi. Uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozongan SHuhrat Hamidov murabbiyligidagi “Toshbuloq” jamoasi “oltin dubl” qayd etib, viloyat birinchiligi va “Hokim kubogi”da tengsiz ekanliklarini amalda isbotlashdi.


“Toshbuloq” va “Yosh kuch” jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvi yakuniga etgach, “Yosh kuch” stadionida Namangan viloyat birinchiligi ikkinchi liga g'olib sovrindorlari va “Hokim kubogi” sohibini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tantanali tarzda o'tkazilgan taqdirlash marosimida Namangan viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti SHuhrat Mirxoldirshaev, “Navbahor” futbol klubi vice-prezidenti Otabek Samatov, “Navbahor” futbol klubi sport direktori Dilshod Aliev, Namangan viloyat futbol mahorat maktabi direktori G'anisher Ismoilovlar ishtirok etib beshta nominaciyasida eng yaxshi deb topilgan laureatlar, g'olib va sovrindorlarni taqdirlashdi.

Namangan viloyat birinchiligida “Eng yaxshi darvozaboni” nominaciyasida g'olib deb topilgan “Toshbuloq” posboni Javohir Xursanaliev o'ziga atalgan sovrinni Namangan viloyat futbol mahorat maktabi direktori G'anisher Ismoilovdan qabul qilib oldi.


Birinchilikda “Eng yaxshi futbolchi” nominaciyasida g'olib deb topilgan “Yosh kuch” o'yinchisi Abdurashid Valixanovga maxsus sovrinni “Navbahor” futbol klubi sport direktori Dilshod Aliev topshirdi.


Namangan viloyat birinchiligida “Eng intizomli jamoa” uchun ajratilgan maxsus sovrin “Odil Junior” jamoasiga nasib etdi. Sovrinni “Odil Junior” futbolchisi Muhammadbobur Mo'ydinovga “Navbahor” futbol klubi vice-prezidenti Otabek Samatov topshirdi.


Viloyat birinchiligi o'yinlarida to'purarlik mahoratini namoyish etgan “Yoshlik” futbolchisi Bahodir Baxtiyorov “Eng yaxshi to'purar” nominaciyasida g'olib deb topildi. Unga sovrinni Namangan viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti SHuhrat Mirxoldirshaev topshirdi.


2020 yilgi mavsumda jamoasi bilan “oltin dubl” qayd etgan “Toshbuloq” jamoasi bosh murabbiyi SHuhrat Hamidov “Eng yaxshi murabbiy” nominaciyasida g'olib deb topildi. Hamidovga sovrinni Namangan viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti SHuhrat Mirxoldirshaev va “Navbahor” futbol klubi vice-prezidenti Otabek Samatovlar topshirishdi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика