So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  6 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

⭐ To'rtta neytral fikr, umumiy ovozlar esa 17 ga 5. Final oldidan saytimiz xodimlarining taxmini Yangiliklar

⭐ To'rtta neytral fikr, umumiy ovozlar esa 17 ga 5. Final oldidan saytimiz xodimlarining taxmini

Bugun, 18 dekabr kuni Qatardagi mundialning hal qiluvchi va eng asosiy uchrashuvi bo'lib o'tadi.

“Lusayl”dagi o'tadigan bosh sovrin uchun finalda amaldagi chempion Franciya termasi Argentina bilan to'qnash keladi. Mazkur o'yin oldidan saytimiz xodimlari o'z taxminlarini bilidirishdi.

Abror Imomxo'jaev (Argentina, 1-0)

Musobaqa boshida Argentina g'olib bo'lishini taxmin qilgan.

Gayrat Xasbiullin (Argentina, 2-0)

Musobaqa boshida Argentina g'olib bo'lishini taxmin qilgan.

Nodirxo'ja Yuldashev (Argentina, 3-0)

Musobaqa boshida Argentina g'olib bo'lishini taxmin qilgan.

Xayrulla Xoliqov (Franciya, 3-1)

Musobaqa boshida Franciya g'olib bo'lishini taxmin qilgan.

Jalolxon Inog'omxo'jaev (Argentina, 4-1)

Musobaqa boshida Argentina g'olib bo'lishini taxmin qilgan.

Narzulla Saydullaev (Franciya, 4-2)

"Finalga men muxlislik qilgan Braziliya etib kela olmadi. Franciya va Argentinadan men uchun Franciya kuchliroq ko'rinmoqda. 1998 yildan buyon to'rtinchi martcha JCH finalida o'ynaydigan francuzlar menimcha ketma-ket ikkinchi bor mundialda tengsiz bo'lishadi. Argentina finalda yutsa ham, yutqazsa ham Lionel Messi men uchun baribir eng buyuk futbolchilardan biri bo'lib qolaveradi". 

Taxminiy natija: Franciya - Argentina 2:1

Kamoliddin Alimov (Argentina, 5-2)

"Finalda Argentinaga muxlislik qilaman. Jahon chempionati start oldidan Argentina, Braziliya va Franciya chempionlik uchun favorit ekanliklari,  Kubok Janubiy Amerikaga ketishini taxmin qilgandim. Argentina finalda va Leo Messi boshchiligidagi Maradona izdoshlarining chempionligini kutyapman. Fikrimcha, Franciya  final hushtagi yangraganidan keyin sobiq jahon chempioni maqomiga o'tadi".

Alisher Xolmatov (Argentina, 6-2)

“Argentina! Nega – Messi uchun muxlislik qilaman. Uning faoliyatidagi oxirgi mundial. Umid qilamanki, Argentina g'olib bo'ladi va Messi o'zi uchun eng muhim sovrinni qo'lga kiritadi”.

Omonjon To'xtamirzaev (neytral)

"Menimcha, Franciyaning imkoniyatlari yuqoriroq. Francuzlar tarkibdagi muammolarga qaramay, musobaqada ishonchli tarzda finalga qadar o'tib keldi. SHuncha jarohat bilan ham finalga etib borgan jamoaga qoyil qolmay iloj yo'q. Men ishqibozlik qilgan Ispaniya musobaqani tark etib bo'lgan. SHuning uchun bu o'yinda hech kimga muxlislik qilmayman. Bu bahsda men chinakamiga neytral muxlisman desam bo'ladi. Franciya jamoa sifatida kuchliroqdek, ammo Argentina yutsa, Messi uchun xursand bo'laman".

Alisher Ostonov (Argentina, 7-2)

"Finalda Argentina terma jamoasiga muxlislik qilaman. Aslida musobaqada Ispaniya terma jamoasini qo'llab-quvvatladim. Ammo, "qizil furiya" mundialni erta tark etgani sabab JCH bosh sovrinini Lionel Messi qo'lga kiritishini xohlayman. Men hech qachon PSJ, "Barselona" yoki Argentina terma jamoasi muxlisi bo'lmaganman. Ammo, men uchun Leo eng zo'ri va faoliyatida erishmagan yagona sovrinini qo'lga kiritishini qattiq xohlayman. SHuningdek finalda "Atletiko" o'yinchilari Nauel Molina, Rodrigo de Paul, Anxel Korrea va Antuan Grizmannning o'yinini alohida kuzatib boraman".

Og'abek Samisov (Franciya, 7-3)

"Franciya! JCH avvalida o'zim muxlislik qilgan jamoalar malum bosqichda turnirni tark etdi. Ochig'i, men Argentina chempion bo'lishini istamayman. Bunga malum sabablar bor. Masalan, Ronaldu Evropa chempioni, Messi Amerika kubogi g'olibi bo'lgan. Ikkisidan kimdir JCHni yutsa kelgusida o'tgan davr eslanganda tenglik bo'lmaydi. 

SHuningdek, 2019 yili futbol gazetalarining birida Mbappe futbolning yangi qiroli bo'lishi haqida maqolam chiqqan. O'ylaymanki, Mbappe Pelening yo'lidan ketyapti. JCHlarda g'oliblik, o'z mamlakatidan chiqmagan holda sovrinlar yutish va hokazo.

SHu jihatlarni hisobga olib ham francuzlarga muxlislik qilaman".

Nikolay Egorichev (Argentina, 8-3)

“Bu final bir taraflama emas. Menga Franciya TJning o'yini yoqadi, ammo Argentina uchun Leo Messi faktori gapiradi. Agar finalni “Messi – Mbappe” qarama-qarshiligi doirasida baholasak, Leo tarafdoriman. CHunki, Mbappe allaqachon mundial chempionligini qo'lga kiritgan. Va ehtimol, yoshini inobatga olsak, unda yana imkon bo'ladi, Messi uchun esa bu JCH oltinini olish uchun so'nggi imkoniyatdir”.

SHerzod Nurmatov (Argentina, 9-3)

"Finalda chiroyli futbolga muxlislik qilaman. JCH oldidan elon qilingan taxminda bu jamoalar asosiy favoritlar ekanligini qayd etib o'tgandim. Lekin tan olishim kerak, Messi etakchiligidagi Argentinaga simpatiyam bor. Franciya termasida esa sobiq "kanonir" Olive Jiruning o'yinlaridan zavqlanaman. Imkoniyatlarni foizda Argentina foydasiga 55%/45% deb baholagan bo'lardim".

Tolibjon Qosimov (neytral)

"Finalda kuchliroq, munosibroq bo'lgani chempion bo'lishiga muxlislik qilaman. Har ikkala jamoa o'yinini bevosita stadiondan ko'rdim va ularning har ikkisi chempion bo'lish uchun qolganlardan munosibroq o'ynab kelishmoqda. SHu sabab qaysidir bittasiga ko'proq muxlislik qilmayman".

Zoir Tursunboev (Argentina, 10-3)

"JCH-2022 boshlanishidan oldin Braziliya yoki Argentina chempion bo'lsa kerak deb o'ylagandim, Argentina finalgacha etib keldi va chempionlik uchun imkoniyati bor, bugun ularga muxlislik qilaman

Nega aynan Argentinaga? CHunki, Argentinada Messi o'ynaydi va Leo faoliyatini orzusidagi chempionlik bilan tugatishini ko'rmoqchiman".

Oqil Abdubarnoev (Argentina, 11-3)

"Turnir davomida Argentinaga muxlislik qilmagan bo'lsam-da, to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi finalida futbol galaktikasida o'z nomini zarhal harflar bilan qayd etishga ulgurgan ikki afsonadan birining g'alaba qozonishini istayman.

Qolaversa, erta tongda shirin uyqumizni buzishga xizmat qiluvchi "budilnik" vazifasini bajaruvchi parranda belgisiga ega libosda harakat qiladigan jamoaning amaldagi chempion sanalishi, moviy-oq rangdagi libos vakillarining esa 2014 yilda alamli mag'lubiyatini inobatga olgan holda janubiy amerikaliklarga Niderlandiyaning boshiga tushgan ayanchli qismatni tilamagan bo'lardim".

Faxriddin Ro'ziev (Franciya, 11-4)

"Franciya. CHunki, ularning tarkibida Jiru va Teo bor (milanchilar). 

+Messi chempion bo'lishini xohlamayman".

SHahboz Beg'amov (neytral)

"Finalda favorit bo'lmaydi aslida. Bu galgi final chin manoda teng kuchli jamoalar ishtirokida o'tadi. Hech kimga muxlislik qilmayman. Istagim final qiziqarli o'tib, gollar urilsa, ko'p emociyali final bo'lsa. G'olib esa penaltilar seriyasi orqali aniqlanishi tarafdoriman. Agarda kim ko'proq Jahon chempioni degan nomga munosibligi haqida gapiriladigan bo'lsa, unda Argentinaning o'yini yorqinroq. Rang-barang o'ynamoqda, Argentina".

Aziz To'xtamurodov (Argentina, 12-4)

"JCH boshlanishidan oldin ham Argentina g'alaba qozonishini taxmin qilgandim. SHu fikrda qolaman. 

Personal muxlisi emasman. Lekin Messi yoki Ronaldudek futbol yulduzi faoliyatini jahon chempioni bo'lmasdan yakunlashi biroz achinarli".

Abdulaziz Iskandarov (Argentina, 13-4)

"Finalda Argentinaga muxlislik qilaman. 

Messi Jahon chempioni bo'lmasdan faoliyatini yakunlashga haqqi yo'q".

Samandar SHokirov (Argentina, 14-4)

"Argentina! Men turnir boshida Argentina chempion bo'lishini taxmin qilgandim. Messi jahon chempioni bo'lishga hammadan ham ko'ra ko'proq munosib".

Mirjalol Normatov (Franciya, 14-5)

"Franciya! Franciya Angliyani chiqarib yuborgani va Rafael Varan MYU futbolchisi bo'lgani uchun".

Uchqun Azimov (Argentina, 15-5)

"O'zim Portugaliya muhlisi bo'lsam-da Argentina mundialni yutishini xohlayman. CHunki, Ronaldu ham, Messi ham bu sovringa loyiq edi. Ammo Ronalduda bu imkon bo'lmadi. Hech bo'lmasa Messi Jahon chempioni bo'lishini hohlayman u bunga loyiq".

Jaloliddin Xalilov (neytral)

"Argentina yoki Franciya. To'g'risi, ikkala jamoaga ham muxlis emasman. Finalgacha bo'lgan yo'lni, Franciya xotirjam, Argentina esa "emocional" tarzda bosib o'tdi. Messi chempion bo'lsa era yakuni yoqimli tarzda tugardi aksincha Franciya g'olib chiqsa, so'zsiz Mbappe erasining boshlanishiga guvoh bo'lamiz. Ikkala jamoaga ham omad tilayman".

Jasur Aslanov (Argentina, 16-5)

Musobaqa boshida Argentinaga muxlislik qilishini aytgan.

Eldor Akmurzaev (Argentina, 17-5)

“Ko'pchilik kabi Argentina – Portugaliya finalini kutgandim. Ammo afsuski, Krishtianu Ronaldu uchun joriy musobaqa juda omadsiz yakunlandi. Lionel Messi esa Qatarga eng yuqori sport formasida etib keldi va deyarli har o'yinda jamoadoshlarini oldinga etaklay oldi. Leo bu JCH uning uchun termadagi faoliyatidagi oxirgisi bo'lishini aytib o'tgandi. SHu tufayli, Argentinaning logotipidagi yulduzlar soni uchtaga etishini xohlayman. Biroq, Janubiy Amerika vakillari g'oliblik uchun tatuirovka chizdirishlari shart emas deb o'ylayman)

Saytimiz kuzatuvchilari finalda qaysi terma jamoa g'olib bo'ladi deb o'ylaysiz? 

Argentina

Lionel Messi - 23', Angel Di Maria - 36', Lionel Messi - 108', Lionel Messi - 121', Paulo Dybala - 121', Leandro Paredes - 121', Gonzalo Montiel - 121'

World Cup Final Stage . final-tur

18/12/2022, 19:00

5
:
7
Tugadi

France

Kylian Mbappe - 80', Kylian Mbappe - 81', Kylian Mbappe - 121', Randal Kolo Muani - 121'

Stadion: Lusail Stadium, 88966 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
120'
23'  Lionel Messi
36'  Angel Di Maria
36'  Alexis Mac Allister
45'  Enzo Fernandez
64'  Angel Di Maria (Marcos Acuna)
90'  Marcos Acuna
91'  Nahuel Molina (Gonzalo Montiel)
102'  Rodrigo De Paul (Leandro Paredes)
102'  Julian Alvarez (Lautaro Martinez)
108'  Lionel Messi
114'  Leandro Paredes
116'  Alexis Mac Allister (German Pezzella)
116'  Gonzalo Montiel
120'  Nicolas Tagliafico (Paulo Dybala)
41'  Ousmane Dembele (Randal Kolo Muani)
41'  Olivier Giroud (Marcus Thuram)
55'  Adrien Rabiot
71'  Antoine Griezmann (Kingsley Coman)
71'  Theo Hernandez (Eduardo Camavinga)
80'  Kylian Mbappe
81'  Kylian Mbappe
81'  Marcus Thuram
87'  Marcus Thuram
90'  Olivier Giroud
96'  Adrien Rabiot (Youssouf Fofana)
113'  Raphael Varane (Ibrahima Konate)
118'  Kylian Mbappe
120'  Jules Kounde (Axel Disasi)

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика