To'rtta chorak final bahsining uchtasidada g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi
30 iyu 2019 09:22
Yangiliklar


To'rtta chorak final bahsining uchtasidada g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi
Peru terma jamoasi Amerika kubogining so'nggi chorak final bahsida Urugvaydan (0:0, pen seriyasi 5:4) ustun keldi.
Musobaqa chorak finalidan o'rin olgan to'rtta uchrashuvning uchtasida bellashuvning asosiy vaqtida darvozalarga gol kiritilmadi. Braziliya-Paragvay (0:0,, penaltilar seriyasi 4:3) va Kolumbiya-CHili (0:0, pen 4:5) bellashuvida ham g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlangan.
CHorak finalda gol kiritilgan yagona uchrashuv bu Venesuela-Argentina (0:2) bahsi bo'ldi.
Musobaqaning yarim final bellashuvlari 3-4 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Braziliya termasi Argentina bilan, CHili Peru bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar