To'rt karra jahon chempioni olamdan o'tdi
06 jan 2024 13:41
Yangiliklar
To'rt karra jahon chempioni olamdan o'tdi
Sobiq braziliyalik futbolchi, futbolchi va murabbiy sifatida to'rt karra jahon chempioni Mario Zagallo 92 yoshida vafot etdi.
Bu haqda uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida malum qilindi. O'lim sabablari haqida malumot berilmagan.
"Abadiy jahon chempionimiz Mario Zagallo vafot etganini katta afsus bilan elon qilamiz. U bizga katta yutuqlar merosini qoldirdi. Zagallo ulug' inson edi", – deyiladi xabarda.
Zagallo Jahon chempionatida to'rt marta g'olib chiqqan – ikki marta futbolchi, bir marta bosh murabbiy va bir marta yordamchi murabbiy sifatida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar