Torres: "Manchester Siti"da hatto Messisiz ham ajoyib jamoa bor"
18 sen 2020 10:46
Yangiliklar


Torres: "Manchester Siti"da hatto Messisiz ham ajoyib jamoa bor"
"Manchester Siti"ning ispaniyalik yangi o'yinchisi Ferran Torres hujumchi Lionel Messining "shaharliklar" tarkibiga o'ta olmaganligi haqida gapirdi.
"Lionelning "Manchester Siti"ga transferi? Aytishim mumkinki, hatto bizda Messisiz ham ajoyib jamoa bor. Klubda har qanday raqibga qarshi o'ynashga tayyor bo'lgan katta futbolchilar guruhi bor.
Jamoamiz CHempionlar Ligasida ko'p narsalarga qodir", - deydi 20 yoshli Torres.
Oldinroq Messining "Manchester Siti"ga o'tishga juda yaqin bo'lgani, ammo bitim 700 mln evrolik tovon puli tufayli amalga oshmay qolgani aytilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar