“Torpedo” Sergeevni yana nishonga oldi
23 dek 2022 09:40
Yangiliklar
“Torpedo” Sergeevni yana nishonga oldi
Bu haqda “Sportbox.ru” nashri “Metaratings.ru”ga tayanib xabar bermoqda.
Unga ko'ra, “Tobol” forvardi Igor Sergeev faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin. “Torpedo” 29 yoshli o'zbekistonlikni yozda o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, ammo Qozog'iston klubi Igorni sotishni istamadi.
Sergeevning o'zi esa RPLga yo'l olishga qarshi emas. Unga bir qator klublar qiziqmoqda, ammo “Torpedo” yuqori maosh taklif qilayotgani bu poygada ularga ustunlik bermoqda.
Igor Sergeev yakunlangan mavsum Qozog'iston chempionatida 9 ta gol urdi. SHu bilan birga u ECHL kvalifikaciyasida 2 ta to'p kiritdi.
Fikrlar