So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  2 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  9 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  340

Belarus. "Energetik-BGU" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi

Belarus chempionati 4-turi doirasidagi "Torpedo-BelAZ" – "Energetik-BGU" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"Torpedo-BelAZ" – "Energetik-BGU" 2:0

Gol: Xachaturyan (55), Ramos (67).

"Torpedo-BelAZ": Bushma, Ustinov, Bordachev, Yashin, Stepanov, Afanasev (Nikolaevich, 64), Xachaturyan, Premudrov, Gabriel Ramos, Antilevskiy, Gorbachik (Yusov, 62).

"Energetik-BGU": Sadovskiy, Yudchic (Girc, 70), Sokol, SHkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, YAXSHIBOEV, Sovpel (UMAROV, 59), Tve, Atemeng (Bakich, 46).

Ogohlantirish: Sovpel (11), Nosko (17), Ramos (45), Girs (78).

YANGILASH

SHu orqali uchrashuv yakunlandi. Rostdan ham ajoyib kechgan o'yinda mezbonlar 2:0 hisobida g'alabaga erishishdi. "Energetik" esa mavsumdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

90+4. DAXSHAT VAZIYAT! "Torpedo" futbolchisi markazda darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi. Sadovskiy dastlab to'pni oyog'i bilan tepib yubordi. Dastlabki zarbani Svirepa qaytardi. Keyinchalik to'p havolatib darvoza tomon tepildi. Noaniq zarba.

90+3. Umarov "Robben uslubi" bilan raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va chap oyoqda kuchli hamda noaniq zarba yo'lladi. 

90+1. Svirepa shundoqqina jarima maydonchasi yonida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Darvozadan 20 metrlar uzoqlikdan yo'llangan jarima zarbasi noaniq ketdi. 

4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Gircning zarbasi noaniq ketdi. 

86. Yaxshiboev o'z faolligidan keyin burchak zarbasi ishlab oldi. BGU oldinga tashlangan. Jasur yana bir bor burchakdan darvozani ishg'ol qilmoqchi bo'ldi. Ammo yana darvozabon to'pni qaytardi.

84. Umarovning qanotdan havolatib bergan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi.

82. O'yin yakunlanishiga taxminan 8 daqiqa qoldi. Nima deb o'ylaysiz, mo'jiza yuz berarmikin?

80. Yo'q, oddiygina zarbani Sadovskiy qiyinchiliksiz ushlab oldi.

79. Mezbonlarda ajoyib imkoniyat. Darvozadan taxminan 20 metrlar uzoqlikdan jarima zarbasi amalga oshiriladi.

76. BGUda ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. "Torpedo" futbolchilari havfni bartaraf etdi va burchakka chiqarib yuborishdi. Kornerdan uzatilgan to'pga esa "Energetik" futbolchilari zarba yo'llay olishmadi.

73. ZARBAAAAAAAAA!!! Himoyachi Svirepa taxminan 30 metrlardan ajoyib zarba yo'lladi. To'p darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.

71. "Torpedo" yana bir hujum tashkil qildi. O'ng qanotdan markazga uzatilgan to'pga Antilevskiy zarba berishga biroz kechikdi. Himoyachilar havfni bartaraf etishdi.

67. GOL! Gabriel Ramosdan shunchaki shedevr gol!

64. UXXXX YAXSHIBOEVVVV!!!! Jasur burchakdan gol urmoqchi bo'ldi. Biroq "Torpedo" posboni bunga yo'l qo'ymadi.

60. UXXXXXXXX!!!!!! Umarovning ajoyib pasidan keyin Yaxshiboev qulay nuqtada darvozaga zarba yo'llay olmadi. Ajoyib vaziyat edi.

59. BGU tarkibida o'zgarish. Sovpel o'z o'rnini SHaxboz Umarovga bo'shatib berdi.

57. "Torpedo"ning navbatdagi hujumi. Stepanovning qanotdan uzatgan pasini Sadovskiy ushlab oldi.

55. GOL! Ramosning pasidan keyin Xachaturyan hisobni ochdi, 1:0!

50. "Torpedo"da ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Burchakdan oshirilgan to'pga bosh bilan berilgan zarbadan keyin to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

47. Jasur Yaxshiboev "Torpedo" jarima maydonchasi ichida raqibini alday olmadi va hujum to'xtadi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Ushbu vaziyatdan keyin birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha tanaffus!

45. "Torpedo" ajoyib vaziyat yaratayotgandi. Antilevskiy ajoyib pasi orqali Ramosni birga bir vaziyatga chiqarib bergandi. Ammo u ofsaydda qolib ketgandi. Hushtak chalinganini eshitib ham darvozaga zarba bergan Gabriel Ramos sariq kartochka oldi. 

42. Sokol to'pni markazda raqibidan olib qo'ygandi. O'sha paytda Yaxshiboev qulay nuqtaga ochilib ketayotgandi. Biroq to'pni oldirib qo'ygan "Torpedo" futbolchisi Sokoldan qaytarib oldi.

40. "Energetik" ajoyib hujum uyushtirdi. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Mavatu zarba yo'llay olmadi. Himoyachilar to'pni autga chiqarib yuborishdi.

37. Ilk daqiqalardan katta shturm uyushtirgan "Energetik"ning shashti biroz pasaydi.

34. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Mavatuning to'p oshirishidan keyin Atemeng boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvozaning tepasidan o'tib ketdi.

31. Mavatu to'pni Noskoga oshirdi. Nosko esa taxminan 22 metrlardan kuchli zarba yo'lladi. Noaniq!

28. Ajoyib hujum va kulgili yakun! Afanasev BGU jarima maydonchasi ichida to'pni markazga Antilevskiyga uzatdi. Bunday nuqtadan top-futbolchilar asosan gol urishadi. Biroq hujumchining zarbasi anchagina yuqoridan o'tib ketdi.

27. Yaxshiboev to'pni qabul qilib, o'ziga moslashtira olmadi. Raqib himoyachisi esa havfni bartaraf etdi. Bu pallada "Torpedo" futbolchisi to'pni qo'li bilan o'ynagandek ko'rindi.

26. "Torpedo" biroz orqaroqqa surildi. BGU asta-sekinlik bilan bosim qilmoqda.

23. O'yin markazga ko'chdi. Endi tomonlar hujum qilmasdan biroz dam olishmoqda. 

20. Yaxshiboev markazdan to'pni qabul qilib, deyarli raqib jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgandi. Biroq raqiblari uni to'xtatishni uddaladi.

17. UXXXXXX!!! BGU hozir goldan qutulib qoldi. Markazdan uzatilgan to'pga darvozabon ham chiqdi va biroz kech qoldi. Afanasev esa uning ustidan to'pni tashlab qo'ydi. Darvozaga kirib ketayotgan to'pni Sokol qaytarib yubordi.

14. ZARBBAAAAAAAAA!!! Afanasev "BGU" jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va o'tkir burchakdan zarba yo'lladi. Noaniq!

12. "Energetik"ning bosimi oshib bormoqda. Mavatu raqiblari jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va to'pni markazga xavolatib uzatdi. Afsuski, zarba beradigan futbolchi topilmadi.

10. ZARBAAAAAA!!!! Markazdan "Torpedo" jarima maydonchasi ichiga to'p etkazib berildi. Atemeng to'pni boshi bilan Yaxshiboevga uzatdi. Jasurning zarbasini raqiblari posboni ushlab oldi.

8. ZARBAAAAAA!!!! Tekloning chap qanotdan havolatib o'zatgan ajoyib pasini Atemeng boshi bilan bergan zarbasi orqali gol urmoqchi edi. Zarba biroz noaniq ketdi.

7. "Torpedo" ilk hujumini tashkil qildi. Afanasevning qanotdan xavolatib uzatgan pasini Antilevskiy darvoza tomon to'g'rilab yubormoqchi edi. Harakat biroz o'xshamadi.

6. Burchakdan Yaxshiboev to'pni markazga uzatdi. Himoyachilar esa to'pni qaytarishdi. To'p yana bir bor Jasurga kelib tushdi. Keyinchalik u raqibini alday olmadi va to'p uning o'ziga tegib, maydonni tark etdi. 

5. "Energetik" ajoyib hujum tashkil qildi. Atemengning pasidan keyin Nosko to'pni markazga uzatgandi. Biroq mezbon himoyachilar to'pni burchakka chiqarib yuborishdi.

2. UXXXXXX!!!! Jasurdan ajoyib dribling! U markazda 3 futbolchini aldab o'tgandi. Uni raqibi sardori Xachaturyan yiqitibgina to'xtatdi.

1. Ilk daqiqadayoq mehmonlar hujumga o'tishgandi. Biroq Atemeng offsayd holatida qolib ketdi.

- Uchrashuv boshlandi! Uchrashuvni Jasur Yaxshiboev boshlab berdi.

- Tomonlar aniqlanmoqda. Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Stadionda davlat madhiyasi yangramoqda.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика