Torgan Azarga Ispaniyadan davogar chiqdi
29 mar 2019 09:20
Yangiliklar
Torgan Azarga Ispaniyadan davogar chiqdi
Eden Azar “Real”ga o'tishi kutilayotgan bir vaqtda uning ukasi Torgan ham Ispaniyada faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Torgan Azar Madridning “Atletiko” klubi nazariga tushdi. Madridliklar uni yozgi transferlar vaqtida sotib olishni ko'zlamoqda. 25 yoshli Torgan joriy mavsum “Borussiya M” tarkibida 27 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Myunxengladbax jamoasi bilan shartnomasi 2020 yil o'rtalarida yakuniga etadi.
Fikrlar