Torgan Azar: "Germaniya chempionati - dunyodagi eng kuchli liga"
12 sen 2014 11:09
Yangiliklar

Torgan Azar: "Germaniya chempionati - dunyodagi eng kuchli liga"
Menxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Torgan Azar, Germaniya chempionati haqida fikr bildirib o'tdi.
"Nemis chempionati Belgiyanikidan katta farq qiladi. Germaniyada temp yuqori, taktikaga ko'p vaqt ajratiladi, jismoniy kuchliroq bo'lishni talab qilishadi. Germaniya chempionati dunyodagi eng kuchli Angliya chempionati bilan bir darajada.
Har o'yinda bor kuchimni ishga solib, Lyusen Favrning ishonchini oqlamoqchiman. Albatta, asosiy tarkibda bo'lmoqchiman, shu sababli mashg'ulotlarda borimni berib ishlayapman. Qarorni murabbiy qabul qiladi.
Biz bir hafta davomida "SHalke-04"ga qarshi o'yin uchun tayyorlandik. Ular kuchli raqib. CHempionat boshidagi ikki durang - bu fojea emas, ayniqsa "Frayburg"ga qarshi kechgan mehmondagi uchrashuvni eslasak. Biz birinchi g'alabaga erishmoqchimiz" - deydi begliyalik futbolchi.

Fikrlar