So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  0 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

"To'qnashuv": Qosimovni mag'lub etgan Beg'amovga endi yangi raqib topildi - Xayrulla Xoliqov Yangiliklar

"To'qnashuv": Qosimovni mag'lub etgan Beg'amovga endi yangi raqib topildi - Xayrulla Xoliqov

Xabaringiz bor, saytimizda yangi "To'qnashuv" nomli rukn boshlagan.

Mazkur rukn orqali muxlislar "Dizayn"ning dekabr oyida qo'yadigan koncertiga chipta yutib olishlari mumkin. Viktorina sharti haqida sal pastroqda tanishasiz.

"To'qnashuv"da futbolchi, murabbiy yoki jurnalistlar o'zaro virtual bahs boylashadi. Yutqazgan taraf, yutgan tomonning bir iltimosi va viktorinada g'olib chiqadigan muxlis uchun chipta taqdim etadi.

Bu galgi ruknning mavzusi - Evropa CHempionlar Ligasi.

Qoidaga ko'ra, ikki ishtirokchi ECHLda o'ynayotgan istalgan ligani tanlaydi. Birinchi ishtirokchi tanlagan liga va ikkinchi taraf olgan liga jamoalarining ushbu turda jamlagan ochkolari hisoblanadi. Qaysi taraf, yani liga jamoalari ko'proq ochko jamg'arsa, o'sha tomon g'olib bo'ladi.

"To'qnashuv" ruknining bu galgi qarama-qarshiligida saytimiz xodimlari SHahboz Beg'amov va Xayrulla Xoliqov o'zaro bahslashishadi.

O'tgan galgi, yani birinchi "To'qnashuv"da SHahboz Beg'amov Tolibjon Qosimovdan ustun kelgandi. SHahboz Beg'amov tanlagan Bundesliga jamoalari APL klublaridan ko'proq ochko yig'ishgandi.

Bu gal ham Beg'amov yana o'zi ko'proq biladigan va ishonadigan Bundesligani tanladi. Xayrula Xoliqov esa La Liga jamoalariga juda ishonib yubormoqda.


"To'qnashuv"

2-son

ECHL, 3-tur

SHahboz Beg'amov (Bundesliga) - Xayrulla Xoliqov (La Liga)


O'yinlar jadvali:

23 oktyabr
AEK - "Bavariya" (22:00)
"Yang Boyz" - "Valensiya" (22:00)
"Real" - "Viktoriya Plzen" (00:00)
"Xoffenxaym" - "Lion" (00:00)


24 okyatbr
"Barselona" - "Inter" (00:00)
"Galatasaroy" - "SHalke" (00:00)
"Borussiya" - "Atletiko" (00:00)
"Napoli" - "Liverpul" (00:00)


SHahboz Beg'amov: "Tolibjon Qosimovga salom yo'llamoqchiman! Menimcha, buyog'iga "To'qnashuv"da endi Tolibjon Qosimovni ko'rmasak kerak, o'ynamaydi boshqa :-).

Xayrulla aka doim Ispaniya jamoalariga ishongan va bu ishonchni ular deyarli oqlab kelishmoqda. Lekin, bu yili ularni holatini barcha ko'rib turibdi. To'g'ri, bu turda ispanlar uchun raqiblar juda oson. Ammo ko'p narsa Dortmundda bo'ladigan bahsda hal etiladi. Aynan o'sha o'yin tarozi pallasini men tomonga o'zgartirib yuborishi mumkin. Muhimi, ushbu bahsda yutqazgan tomon o'z vadasiga vafo qilsa bo'lgani. Qolganini o'yinlar ko'rsatib beradi".


Xayrulla Xoliqov: "Nima uchun Ispaniya La Ligasini tanladim? Birinchidan, ispan klublaridan "Barselona"ga muxlislik qilaman. Ikkinchidan, va nihoyat "Real"dan g'alaba kutyapman. Uchinchidan, men uchun La Liga Germaniya Bundesligasidan ancha qiziq va kuchli. SHu bois ispan klublari ECHL bu turida nemis jamoalariga nisbatan ko'p ochko jamg'arishadi deb o'ylayman. Bugun va ertaga bo'lib o'tadigan o'yinlarda "Barselona" o'z maydonida "Inter"ni, "Real" ham o'z uyida "Viktoriya" klubini mag'lub etishini taxmin qilish qiyin emas. SHuningdek, "Atletiko" Germaniyadan bir ochko bilan qaytsa kerak (balki yutishi ham mumkin), qolaversa "Valensiya" ham "Yang Boyz" bilan o'yinda mag'lub bo'lmaydi".


Viktorina shartiga ko'ra, Superliganing bugungi kun o'yinlarining ilk goliga kim mualliflik qilishini topgan DASTLABKI muxlisga (yuzer) "Dizayn" koncertiga chipta taqdim etiladi. CHiptani yutqazgan ishtirokchi muxlislarga xarid qilib beradi.

Bir yuzer faqatgina bir marotaba izoh qoldirishi mumkin. Uning qayta yozgan yoki boshqacha variantda yozgan javoblari hisoblanmaydi!

23 oktyabr, seshanba
18:00 - “NASAF” – “SO'G'DIYONA”
18:00 -“QIZILQUM” – AGMK
18:00 -“LOKOMOTIV” – “NAVBAHOR”

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика