So’nggi yangiliklar

08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  1 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  1 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  21 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  14 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  9 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12

"To'pchilar" qon hidini oldi. Angliyada Artetaning "Arsenali"ni to'xtata oladigan biror jamoa qolmadi Yangiliklar

"To'pchilar" qon hidini oldi. Angliyada Artetaning "Arsenali"ni to'xtata oladigan biror jamoa qolmadi

Hozirda Angliyada Artetaning "Arsenali"ni to'xtata oladigan biror jamoa yo'q.

Biroz oldin "Arsenal" APL 19-turida uyda "Manchester Yunayted"ni qabul qildi va irodali g'alabaga erishdi. SHuni aniq aytishim mumkinki "to'pchilar" o'tkan 19 turdagi eng qiyin va muhim g'alabani tantana qilishdi. Ronaldu ketgach "qizil ibliclar"ni yaxlit jamoaga aylantirgan Ten Xag Manchesterda o'ta moslashuvchan va egiluvchan jamoa tuzgani ko'rinib turibdi. O'tkan turda "Manchester derbisi"dagi g'alaba golland pishirayotgan osh maromiga etib qolgani, buyog'iga raqiblarga oson bo'lmasligiga ishora qilgandi. Xo'sh, Ten Xag jamoasi qanchalar kuchli? Bu savolga "Arsenal" misolida javob oldik. Xullas, Erik bosh qotirishi lozim bo'lgan muammolar hali tugamabdi. 

Barchasi adolat tarozisi o'lchamlari bo'yicha ketmoqda.

Endi asosiy mavzuga o'tsak. Umuman olganda hammasi adolat tarozisi o'lchamlari bo'yicha ketmoqda. Pep Gvardiola qo'l ostida diydasi qotgan Mikel, mana 4 chi mavsum "Arsenal" loyihasi ustida ishlamoqda. Kamchiliklar ustida ishlay-ishlay, axiri sistematik o'yin uslubi qurildi, endi navbat titullarga. Arteta bir necha yil avval Pep bilan "Manchester Siti"da qilgan ishini Londonda ham yo'lga qo'yishni boshladi. O'rtamiyona futbolchilardan yaxlit jamoa tuzdi. Sinchkov muxlislar biladiki hozirgi "Arsenal"da yaqqol etakchi yo'q, barchasi o'zaro bog'lamlar evaziga qurilgan. Jamoa hisobda oldinda borsa ham, ortda borsa ham bir xil, belgilab qo'yilgan sistematik o'yin uslubida harakatlanaveradi. Muvaffaqqiyat kaliti esa bir inson bilan bo'g'liq.

 Xarizmasi o'ta yuqori bo'lgan Arteta kiyinish xonasida ham o'ta faol (tarqalgan videolar bunga misol). Futbolchilarni o'ziga bo'lgan ishonchini yuzaga chiqarishda ham katta ishlar qilingani ko'rinib turibdi. Murabbiy muammolarni bosqichma-bosqich hal qilib bordi. Ketishni istaganlarga chiqish eshiklarini ochib qo'ydi (Obameyang), transferlarda esa maksimal foydaga ishladi (Jezus, Zinchenko, Partey).  "Real Madrid"ga kerak bo'lmay qolgan Martin Edegorga ishonch bildirdi va uni jamoa sardori qilib qo'ydi. Holland muxlislari bizni mazur tutishsinlar-u, ayni paytda Norvegiyaning eng kuchli futbolchisi kim degan savol anchayin muhokamali. Jamoa asosiy tarkib futbolchilarining deyarli barchasi o'z terma jamoalarida pozitsyalarining birinchi raqamli nominantlari emas. SHunday futbolchilardan engilmas jamoa qura olish, bu faqat va faqat murabbiyning ko'p yillik mehnati samarasi. Hozirda Angliyada Artetaning "Arsenali"ni to'xtata oladigan biror jamoa yo'q, muhim futbolchilarning jarohat olishi yoki shunga o'xshash noxush holatlar yuz bermasa 19 yillik tanaffusdan so'ng katta ehtimol "to'pchilar" yana APLda chempion bo'lishadi. Hozircha hammasi shunga qarab ketmoqda...


Jaloliddin Xalilov.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика