So’nggi yangiliklar

19:03Россия кубоги. "Ростов" ва ЦСКА ўртасидаги суперфинал учун таркиблар маълум  1 18:40Ўзбекистон U-17 Чили ва Боливияга қарши ўйинлар учун таркибни эълон қилди  0 18:18Расман: МЮ 62,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  0 17:41Про лига. "Олимпик" ва "Жайхун" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:30"Ман Сити" икки ярим ҳимоячи учун 100 млн евро сарфлайди  1 16:41Хосеп Гвардиола "Ман Сити"дан Доннаруммани сотиб олишни сўради  2 16:05"Арсенал" ва "Ливерпуль" Педро учун беллашади  1 15:36Регилон Францияга йўл олиши мумкин  0 14:38"Ливерпуль" АПЛдан ҳимоячи сотиб олмоқчи  2 14:16Рюдигер "Ал Ҳилол"нинг катта маошли таклифини рад этди  1 13:43"Ливерпуль" Ла Лигадаги футболчини нишонга олди  12 13:17Кюйт "Ливерпуль"га қайтиши мумкин  0 12:50ПСЖ Чемпионлар Лигасидаги ғалабадан сўнг 148 миллион евро ишлаб олади  15 12:08"Ливерпуль" Вирц учун ўз футболчисини беришга тайёр   1 11:41Стерлинг "Арсенал"да қолмайди  3

TOP-10. Vunderkind yoxud Superliga-2022da porlab chiqqanlar (dastlabki beshlik) Yangiliklar

TOP-10. Vunderkind yoxud Superliga-2022da porlab chiqqanlar (dastlabki beshlik)

Superliga yashil maydonlarini yondirgan yosh futbolchilar haqida.

Avvalgi mavsumda bo'lgani kabi futbol jamoatchiligi joriy yilda ham bir qator yangi nomlarga guvoh bo'lishdi. Murabbiylar tomonidan bildirilgan ishonchni qaysidir manoda oqlashga harakat qilishdi. O'z klubidagi o'yinlari bilan terma jamoadan ham chorlov olganlarni ko'rdik. Quyida shu haqida gap boradi. 

1. Abbos Fayzullaev 

"Paxtakor"ning asosiy tarkibida 2021 yilda debyut qilgan Abbos joriy yilga kelib etiborga yanada yaqinroq bo'ldi. Jussasi kichkinaligiga qaramay tezkor va texnik futbolchini Slavche Voyneski sekin-asta asosiy tarkibga qo'yishni boshladi. SHackix kelgach esa u qurayotgan jamoaning muhim bo'lagiga aylandi. So'nggi 6ta uchrashuvning barchasini boshlang'ich tarkibda boshladi. Umumiy hisobda mavsum davomida 21ta bahsda 5ta gol urdi. 2003 yilda tug'ilgan futbolchini Timur Kapadze U-23 Osiyo kubogiga qo'rqmay jalb qildi va imkoniyat berdi. Abbos mavsum yakunlariga ko'ra "yosh yulduz" nominaciyasiga nomzodlar qatoriga kiritildi. Unda yilni yana bir sovrin bilan yakunlash imkoniyati mavjud. 

2. Umarali Rahmonaliev

"Bunyodkor" uchirma qilgan navbatdagi yosh "qaldirg'och". Asli namanganlik futbolchi bundan avvalgi mavsumda asosiy tarkibda debyutini amalga oshirgandi. Bu yilga kelib u jamoaning yarim himoya chizig'idan mustahkam joy oldi. Bunda unga qo'rqmay imkoniyat bergan SHuhrat Maqsudovni alohida takidlash kerak. Axir tarkibidagi yoshlarni hech narsani o'ylamay tushiradigan murabbiylar kam sonli bo'lsa. Umarali esa 19 yoshda o'ziga berilgan imkoniyatdan maksimal foydalandi va 21ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 6 bor ishg'ol qildi. "Bunyodkor"ning 2022 yildagi eng yaxshi to'purari ham aynan u bo'ldi. Yarim himoyachining keyingi manzili "Rubin". Umid qilamizki, Rossiyada o'zini yo'qotib qo'ymaydi. 

3. Muhammadqodir Hamraliev 

O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun yaxshi markaziy himoyachi etishib chiqmoqda. Bu - Muhammadqodir Hamraliev. 2020-2021 yil Pro ligada "Dinamo"da to'p tepib ko'zga ko'ringan futbolchini Timur Kapadze "Olimpik" va O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga taklif qildi. U katta futboldagi dastlabki mavsumidanoq yaxshi taassurot qoldirib kelgan, biroq jismoniy holatini yanada yaxshilashi kerak edi. O'z ustida ishladi. Natijada mamlakat bosh jamoasidan keyingi o'rinda turuvchi, olimpiya terma jamoasining asosiy himoyachisiga aylandi. Birinchi ustunligi ikkinchi qavatda bo'lsa, ikkinchisi kurashlardan qo'rqmasligi. Aynan mana shu ustunligi evaziga u "Navbahor" (1:1), "Nasaf" (2:2), "Bunyodkor" (1:1) darvozalarini 3 marotaba ishg'ol qildi. Bitta assistni ham hisobiga yozdirib qo'ydi. 

4. Bektemir Abdumannonov 

Etibor bergan bo'lsangiz, "Metallurg" ikkinchi davraga kelib boshqacha o'yin ko'rsata boshladi. Hujumlar soni oshdi, golli vaziyatlar ko'paydi. Ularni chiroyli yakunlashda "Olimpik"dan kelgan Bektemir Abdumannonov katta jonbozlik ko'rsatdi (13ta o'yin 5ta gol). Uning "So'g'diyona", "Dinamo", "Neftchi"ga urgan gollari bekbodliklarga 9 ochko keltirdi. Birinchi davrada Damir Temirov 4ta gol bilan "snayper" vazifasini bajargan bo'lsa, ikkinchi davrada "estafeta" Bektemirga o'tdi va u ishni yaxshi bajardi. 

5. Nurmuhammad Toshpo'latov 

"Lokomotiv" so'nggi yillarda ko'proq yosh futbolchilarga va o'z tarbiyalanuvchilariga imkon berayotganini sezyapsiz. Oxirgi 3 yil ichida bir qancha yangi nomlar chiqqanini ham ko'rdingiz. Javohir Alijonov, Dilshod Komilov, ular safiga bu yil Nurmuhammad Toshpo'latov ham qo'shildi. To'g'ri u "Lokomotiv" asosiy jamoasida o'tgan yili, debyut qildi. Ammo ortda qolgan mavsumda u o'z imkoniyatlarini to'liqroq ko'rsatdi. O'z vaqtida 8-raqamda harakat qilgan Server Jeparov "temiryo'lchilar" ustoziga aylangach Kaxidan keyin  8-raqamli markaziy yarim himoyachini sardor sifatida bir nechta bahsda maydonga tushirdi, umumiy hisobda Superligada 25ta o'yinda qatnashdi. Timur Kapadze uni olimpiya terma jamoasining sentyabr oyidagi yig'iniga ham jalb qilgandi. 


Davomi bor...

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика