So’nggi yangiliklar

21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  4 21:02Миллар лигаси. Дания, Сербия, Словакия ва Озарбайжон жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:00Футзал. Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон — Бразилия 2:3 (матнли трансляция)  7 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  1 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0 19:05Футзал. Янги Зеландия терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 18:38"Ал Ҳилол" форварди Неймар қачон сафга қайтади?  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйин учун Бишкекка етиб борди  12 18:01"Ливерпуль" ван Дейкнинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  4 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  2 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  5 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  5

TOP-10. Bu futbolchilar bilan grandlar qiziqmagani maqul Yangiliklar

TOP-10. Bu futbolchilar bilan grandlar qiziqmagani maqul

Bugun etiboringizga bahsli bir mavzuni taqdim etmoqchimiz.

Zamonaviy futbolning narxi osmon yulduzlarining barchasi ham eng zo'rlar qatorida bo'lishga loyiqmi? 

Quyida sanab o'tadigan futbolchilarimiz haqida transfer yangiliklarini ko'p bor uchratgansiz va o'qiyapsiz. Ularni umumiy narxi bir milliard evroga etadi, lekin alohida oladigan bo'lsak, bu futbolchilar yangi jamoasi o'yinini butkul o'zgartirib yubora olmaydi. Vaholanki, bu futbolchilarni arzonga sotib olib bo'lmaydi va yana yaxshigina oylik maosh to'lash ham talab etiladi.    


Raxim Sterling
Transferning taxminiy narxi: 160 mln evro

Sanchoni futbolchi sifatida imkoniyatlari haqida gapirsak, bu yog'iga o'smaydi deyish hozircha noto'g'ri bo'ladi. Lekin Zidan va Peres Raximni sotib olish niyatida bo'lsalar, etti o'lchab, bir kesishlarini maslahat beramiz. Sterling Gvardiolaning qatiy taktik sxemasida, murabbiy har bir futbolchiga deyarli qo'li bilan har bir harakatni tushuntirib beradigan variantda foyda keltiradi. Lekin Angliya termasida etakchilikni qo'lga olib, jamoani ortidan ergashtirish zarur bo'lsa, yoki raqiblar Xosep rejalarini buzib yuborsa, Raximning buyuk futbolchiligiga shubhalar paydo bo'la boshlaydi. Sterling bu ro'yxatdagi qolganlar kabi yaxshi futbolchi. Lekin "Real"ni o'zgartirib yubora oladigan inson emas. Agar MS ECHLdan chetlatilishi o'z kuchida qolsa, "Liverpul" tarbiyalanuvchisi jamoasini alishtirish haqida o'ylab qoladi, lekin u o'rnini bosib bo'lmaydigan futbolchi emas.  


Filippe Koutino
Transferning taxminiy narxi: 90 mln evro.  

Raxim borasida, APLdan boshqa chempionatlar grandlari tarkibida ko'rmaganimiz sabab, bahslashish mumkin bo'lsa, Koutino nafaqat APLda balki "Barselona" va "Bavariya"da ham to'p tepdi. Natijasi barchaga malum. Hozir "Tottenxem" ham uni sotib olish haqida ikkilanib, o'ylab qoldi. "Bavariya" undan voz kechishi aniq – Koutinoga shunchaki joy yo'q, Myuller, Koman, Gnabri va yana Sane kutilmoqda. "Liverpul" ham shunga o'xshash sabablar tufayli braziliyalikni ortga qaytarmaydi, qo'shimchasiga transfer narxi. Bartomeu Filippeni sotib olgan kuni faoliyatini barbod qildi. Endi hech bir klub futbolchiga qararkan, qachonlardir "Inter"dagi davrni unutgandek, "Barselona"dagi omadsizliklarni unuta olmaydi. Afsus, lekin Filippe "Liverpul"da o'z o'rniga ega yaxshi futbolchi edi. Kim biladi deysiz, balki u ham huddi "Siti"dagi Sterling kabi – murabbiy va sxema tufayli shunday bo'lgandir.  


Leroy Sane
Transferning taxminiy narxi: 80 mln evro  

SHartnoma muddati yakunlanayotgani sabab Sane yangi jamoasiga biroz arzonroqqa tushadi, lekin umuman olganda Leroyning transfer narxi ham juda baland. "Bavariya" — Sane o'zini ko'rsatishi mumkin bo'lgan, "Manchester Siti"dan boshqa yagona klub. Ammo futbolchi uchun juda katta summa to'lashsa, myunxenliklar afsuslanishadi. Lev Germaniya termasidan quvgan va tanasiga o'zining surati aks etgan katta tatuirovkasi bor insonning – tan oling, egosi juda kuchli va buyuk klubning muhim futbolchisi bo'lishi mushkul. "Manchester Siti" bunday statusga hali ham loyiq emas. SHuning uchun "Bavariya" nega arzonroqqa Saneni olib ketmoqchiyu, nega Gvardiola uni berib yuborayotganini tushinish mumkin. Leroy – juda iqtidorli futbolchi, lekin jamoa ichida muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Sane xarakteri boshqacharoq bo'lganida, biz yangi Robben haqida gaplashayotganimizga ishongan bo'lardik, biroq hozircha bu yangi O'zil – juda ko'p narsa qo'lidan keladi, lekin bor iqtidorini namoyon qilmaydi.  


Ngolo Kante
Transferning taxminiy narxi: 90 mln evro

Kante – ko'pchilikning sevimli futbolchisi, ajoyib inson. Lekin unga bo'lgan munosabatimizga Ngolo boshidan o'tkazgan qiyinchiliklar va uning kamtarligi tasir o'tkazgani bor gap. Lekin Ngolo ikkinchi Makelele emas. Klod maydonda ko'zga tashlanmasada, "Real" kabi buyuk klubning muhim detali bo'la olardi. Kante "Yuventus", "Bavariya" yoki "Real"ni o'zgartirib yuborishi qiyin. Ngoloning akasi ikki yil oldin hali yosh bo'lishiga qaramay olamdan ko'z yumdi, shuning uchun ham Kante pandemiya tufayli yaqinlarini yo'qotishdan juda qo'rqdi – karantin vaqtida shamollab qoldi va test natijalari salbiy chiqsada, mashg'ulotlarda qatnashishga qo'rqardi. Buni tushunsa bo'ladi, har birimiz bunday vaziyatda sarosimaga tushib qolsak ajab emas. Lekin bunday xarakterdagi futbolchi grand jamoaning etakchisi bo'lishi deyarli imkonsiz. Kante kerakli futbolchilardan biri, lekin so'nggi JCHda u Franciyaning eng muhim futbolchisi, yoki etakchisi emasdi. "Lester" va "CHelsi"da chempionlik mavsumlarida u ko'proq topshiriqlarni yaxshi bajaruvchi tartibli jangchiga o'xshardi. Lekin "Yuventus", "Bavariya", "Barselona" yoki "Real" kabi grandlar Kanteni qo'lga kiritib, chinakam etakchiga erishishlariga ishonish biroz mushkul.  


Markus Reshford
Transferning taxminiy narxi: 150 mln evro

Angliyalik futbolchi ichki hujumchi bo'lib qolishi mumkin, huddi o'tmishning mashhur hujumchisi SHirer kabi. Ayni damda Reshford – Kante singari zo'r inson. Karantinda Markus volontyorolar yordamida akciyani boshlab berdi. Natijada har hafta kamtaminlangan oilalarning millionlab bolalari qorni to'yib ovqat edi, buning uchun Markusga rahmat va qoyil deyishimiz mumkin. Sababi u o'zining pulini beribgina qolmay, boshqalarni ham bu ishga jalb eta oldi. Reshford mehnat qilishdan to'xtab qolmasa, "Manchester Yunayted"ning afsonasiga aylanishi mumkin. Lekin MYU bilan Angliya chempioni bo'lishi aniq emas. U qanchalik yaxshi o'yin ko'rsatmasin, misol uchun "Barselona" Markusga qiziqib qolishi haqidagi gaplarga ishonish biroz qiyin. Angliyaning boshqa klublariga yo'l yopiq, "Yuventus"da o'ynab ketishi mushkul. Albatta, tug'ma qobiliyati unga Evro-2020"da porlashi uchun etarli bo'lishi mumkin, lekin Markus tabiatan Ouenga o'xshab ketadigandek – boshqa klubga o'tishdan avval, yaxshilab o'ylab ko'rgani maqul.   


Emerik Lyaport
Transferning taxminiy narxi: 50 mln evro


"Barselona" Emerikni himoya markazida Pikening yangi sherigi sifatida taklif qilsa xato qiladi. Kataloniyaliklardan hech bo'lmasa Gvardiolasi bilan ustunlikka ega "Manchester Siti" tarkibida ham Lyaport imkon berilsa Van Deyk bo'la olishini isbotlab bera bilmadi. Vaholanki uni ham deyarli shuncha pulga sotib olishgandi. Lyaportning jarohatlari, narxi o'yinda etakchilik qila olmasligi Deshamni ham Franciya termasida qolgan variantlarni unutib, aynan Emerikka himoyani ishona olmayotganiga sabab bo'lmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, yana bir francuz, faqatgina basklar yurtida ulg'aygan Emerik top klublarga kerak emas. Hattoki PSJ ham Emerikeni sotib olsa, hozirgi darajasidan yuqorilab ketmaydi.  


Xarri Keyn
Transferning taxminiy narxi: 150 mln evro


Keyn APL o'rtamiyona klubiga ko'p narsa berishi mumkin. Lekin u "Barselona", "Yuventus", "Real" yoki "Bavariya" muxlislari orzu qiladigan hujumchi ekanligiga shubha bor. Misol uchun, o'sha Levandovski bilan taqqoslasak ham o'rtadagi farq katta. Robert chinakam jangchi, chempion, hech narsadan tap tortmaydigan, jismonan o'ta baquvvat, xuddi Ronaldu singari. Keyn esa titulni qo'lga kiritish uchun eng yaxshi imkoniyatni APLni Vardi yutganiga boy bergandi. ECHL bosh sovrinini esa Xarri "Liverpul"ga sovg'a qildi. Axir avvaliga ko'p narsa Pochettino rejasi bo'yicha ketayotgandi. O'sha odatda ikkinchi planda qolib ketadigan Firmino ham grand klublarga Xarridan ko'ra ko'proq kerak. Levi esa jamoa etakchisiga shunday narx belgilaydiki, uncha-muncha xaridor uni sotib olish fikridan qaytib ketadi. 


Paulo Dibala
Transferning taxminiy narxi: 90 mln evro
 


Paulo yaxshi futbolchi bo'lishiga qaramay, "Yuventus" muxlislari aldashimizga imkon berishmaydi, Karlos Teves darajasiga hali chiqqanicha yo'q. To'g'ri, Tevesga balki stabillik etishmagandir lekin u haqiqiy yirtqich edi, jamoasini ortidan ergashtira olardi. Dibala esa bunday xarakterga ega emas. Beyl bilan barchaga malum sabablarga ko'ra, grandlar ortiq qiziqmasada, Dibala vaqti-vaqti bilan "Yuventus"dan boshqa top klublar ham ishonch bildirmoqchi bo'lgan o'yinchilar qatoridan o'rin egallaydi. Ammo Paulo bir o'zi o'yin taqdirini 180 gradusga burib yubora oladigan o'yinchilar sirasiga kirmaydi. Dibala zo'r futbolchi, lekin unga doim nimadir etishmaydigandek. Balki ro'yxatimizning keyingi futbolchisi singari bor etiborini futbolga qaratishdir?  


Usman Dembele
Transferning taxminiy narxi: 85 mln evro

"Yuventus" "Barselona" tajribasidan keyin Dembelega ishonch bildirarmikin? Usman "Borussiya"dan janjal bilan ketdi va yangi jamoasiga o'ziga xos ishora qilgandi – muammolarga tayyor turing degandek. Vinger har ikki oyog'ida birdek yaxshi o'ynay olishi mumkinligini yuz marta qaytarganingiz bilan, yangi "Barselona" qurilishida uning ulushi ko'rinmasa nima naf? Yosh francuzga aqlbovar qilmas summa to'lagan Bartomeu amalda Neymar 2.0 versiyasini qo'lga kiritmadi. Hozirga kelib dunyoning barcha skautlari "Barselona" Dembeleni mashg'ulotga kechikkani uchun jarimaga tortganini yaxshi biladi. Mahalliy OAV vakillari Messi va Suares Dembele haqiqiy futboldan ko'ra, virutal o'yinlarni ko'proq yaxshi ko'rishiga toqat qila olmasligini takidlashdan charchamayapti. Nima bo'lganda ham, qanot futbolchisining narxi sezilarli tarzda tushib ketdi. Franciya terma jamoasida ham Desham Usmanga etakchi sifatida qaramasligi turgan gap, terma jamoa ko'p o'yin o'tkazmasligi va u erda omadli o'yinlar ko'proq bo'lishiga qaramay. Biroq uzoq muddatga Dembelega jamoa etakchisi sifatida qarash mantiqqa to'g'ri kelmaydiganga o'xshaydi.   


Pol Pogba
Transferning taxminiy narxi: 100 mln evro


"Yuventus" Pogbasiz ham avvalgi darajasini yo'qotib qo'ygani yo'q, MYU esa qanchalik harakat qilmasin Pol bilan shonli davrini hozircha qaytara olmadi. Koutino kabi Pogba ham – qimmat lekin amalda qanchalik foydali ekanligiga shubha mauvjud bo'lgan futbolchilar sirasiga kiradi. Jahon chempioni chindan iqtidorli, yuqori darajadagi futbolchi, lekin xavbek — katta klubga foydasidan zarari ko'proq tegishi mumkin. Futbolchi agenti kimligiga qiziqsak, muzokaralar ham oson bo'lmasligi turgan gap. "Real"ni ham, "Yuventus"ni yarim himoyachi yangi darjaga ko'tarib qo'yolmaydi. Andreaning uzoq masofaga aniq golli uzatmalarini takrorlashga urinsada, u Pirlo emas. U Kroos ham emas, sababi Polga Tonini buyuk futbolchi qilgan jihat - metin intizom etishmaydi. Hozir "Yuventus" yoki "Real" oldida turgan eng to'g'ri yo'l bu Pogbani MYUdan olib ketish fikridan voz kechish. "Qizil iblislar"ning oldida esa eng yaxshi yo'l qolmadi, ular aslida Pogbani o'sha vaqt uchun rekord 110 mln funt sterlingga sotib olmaslik edi. Yangi kelgan Brunu Fernandesh inglizlarning o'yiniga francuzdan ko'ra ko'proq tasir o'tkaza oladi. Balki, Pogba kelajakda o'z qarashlarini o'zgartirib, futbolni birinchi o'ringa qo'ysa – masalan Madrid yoki Turinga ketib, futboldan zavq olish uchun oyligi kamayishiga rozi bo'lsa, yangi jamoada Kazemiro rejimini yoqib, chin dildan mehnat qilsa – muxlislar fikri va munosabati o'zgarar. Hozircha esa Pol buyuk bo'lishiga ishonchdan ko'ra shubhalar ko'proq. To'g'ri, Zidan hamyurtining o'ta muhim futbolchiligiga ishonadi, lekin buning o'zi kamlik qilishi mumkin.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика