So’nggi yangiliklar

18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  3 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  31 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9

Toni Yanchke: "Birinchi davra ajoyib o'tdi" Yangiliklar

Toni Yanchke: "Birinchi davra ajoyib o'tdi"

Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi uchun bundesliganing birinchi davrasi yaxshi o'tdi.
Gladbaxlik futbolchilar mavsum boshidanoq qo'lga kiritilgan qator ochkolar sabab yuqori o'rinlardan joy ola boshladilar va shu tariqa birinchi davrani turnir jadvalida uchinchi pog'onani band etgan holda yakunladilar. Jamoa himoyachisi Toni Yanchke yaqinda bergan intervyusida birinchi davra yakuni borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Quyida ushbu intervyuning o'zbekcha talqinini etiboringizga havola etamiz.

- Toni, mavsum avvalida kimdir sizga birinchi davrani "Borussiya D"ni ortda qoldirgan holda uchinchi o'rinda tugatasizlar, desa qanday javob qilardingiz?
- Men bu hali boshlanishi, degan bo'lardim.

- Negadir, to'lib-toshib gapirmayapsiz…
- Nega endi?! Biz namoyish qilgan o'yinimizga mos o'rinni band etib turibmiz. Bu ko'pchilik uchun kutilmagan xol bo'lib tuyulishi mumkin. Lekin biz chindan ajoyib o'yin ko'rsatdik. SHunga mos ravishda yuqori o'rinlardan birida ketyapmiz. To'g'risi, mavsum boshlanishi arafasida birinchi davrada 25 ochko yig'ishni mo'ljallagandik. Keyin esa hammasi biz uchun ajoyib ko'rinish oldi. Turdan-turga natijalarimiz yaxshilanib bordi va mana 33 ochko jamg'arishni uddaladik.

- Birinchi davradan so'ng jamoada kayfiyat qanday?

- Ajoyib! Xatto murabbiyimiz ham bizni maqtadi. So'nggi turdagi "Volfsburg"ga qarshi kechgan uchrashuv esa dastlabki davrada namoyish qilgan fantastik o'yinimiz uchun yaxshi finish bo'ldi. Hozir hamma qayd etgan natijamizdan xursand.

- Jamoangizning mavsumda nechanchi pog'onani egallashini aniq belgilab olish fursati kelmadimikan…
- Menimcha, bunga hojat yo'q. Asosiysi, hozir egallab turgan o'rnimizdan pastga tushib ketmaslikka harakat qilishimiz lozim. Bizdan yaxshi o'yin ko'rsatish va har bir uchrashuvda ochko yig'ish talab etiladi. SHunda bosh maqsadimizga erishgan bo'lamiz. Bu orqali esa "Borussiya Park"da bizni tinmay qo'llab-quvvatlab turuvchi muxlislarimizni shod etishimiz mumkin bo'ladi.

- Dastlabki turlarda negadir kutilgan o'yinni namoyish qila olmadinglar. Bu nima bilan bog'liq?
- Ha, chempionat avvalida o'z o'yinimizni topa olmadik. Bizga biroz vaqt zarur edi. Qolaversa, dastlabki turlarda kuchli jamoalarga qarshi qiyin kechgan uchrashuvlarda maydonga tushdik. Ammo asta-sekin o'yinimiz o'z iziga tusha boshladi. O'ninchi turdan keyin esa g'alabalar seriyasini ham boshlab yubordik. Mavsum boshidagi ana o'sha muvaffaqiyatsizliklar jamoamizni yanada birlashtirdi, deb o'ylayman.

- "Bavariya"ga qarshi kechgan uchrashuv nimasi bilan yodingizda qoldi?
- Super bellashuv bo'ldi! Ikki jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. "Bavariya" mag'lubiyatsiz seriya ko'rsatib kelayotgandi. Bizning esa yo'qotadigan narsamiz yo'q edi. Balki shu boisdan uchrashuv qiziqarli ko'rinish olgandir. Bu bellashuvni butun dunyo futbol muxlislari kuzatgani ham kishida ajoyib taassurot qoldirdi.

- So'nggi vaqtlarda o'zingiz uchun notanish bo'lgan poziciyada to'p tepmoqdasiz. Ikkinchi davrada o'z o'rningizga qaytasizmi?
- Himoyaning qayerida harakatlanishimning farqi yo'q. Mening asosiy vazifam jarima maydonimiz atrofini mudofaa qilish. Murabbiyimiz qayerda o'ynatishni maqul ko'rsa, men o'sha poziciyada o'ynayverman.

Zoxirjon Akramxonov tarjimasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика