Tomori faoliyatini "Everton"da davom ettirishi mumkin
24 avg 2020 19:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/588589_original.jpg)
![](/upload/storage/588589_220.jpg)
Tomori faoliyatini "Everton"da davom ettirishi mumkin
"CHelsi" himoyachisi Fikayo Tomori jamoani tark etishi kutilmoqda.
London klubi Tiago Silva bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi. Braziliyalik himoyachining "CHelsi"ga kelishi Tomorining klubdagi kelajagini shubha ostiga qo'yadi.
Goal.com xabarida takidlanishicha, Fikayoning atrofidagi vaziyatni "Everton" mutasaddilari kuzatib borishmoqda. "Irislar" "CHelsi"ga 22 yoshli futbolchi borasida taklif yuborishga tayyorlanmoqda.
APLning o'tgan mavsumida 15 ta o'yin o'tkazgan Tomori bitta gol urgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar