Tomas Tuxel: “PSJ futbolchilari yana bir bor g'alabaga qanchalik tashna ekanligini ko'rsatdi”
19 avg 2020 09:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587610_original.jpg)
![](/upload/storage/587610_220.jpg)
Tomas Tuxel: “PSJ futbolchilari yana bir bor g'alabaga qanchalik tashna ekanligini ko'rsatdi”
PSJ ustozi ECHL yarim finalida “Leypcig” 3:0 hisobida mag'lub etilgach, bahsdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“O'yin davomida rejamizga sodiq qoldik. Raqib hujumga o'tayotgan vaqtda bo'sh hududlarni yopishga harakat qildik. Ularning qarshi hujumlarini to'xtata oldik. Di Mariya, Mbappe va Neymarning tezkorligidan foydalanib, nemis klubining o'yin qurilishini buzishga erishdik. Ko'proq taktik o'zgarishlar qilishni lozim topmadik. Ha, biz aniq bir raqibga qarshi tayyorgarlik ko'rdik, ammo o'yinimizga uncha ko'p o'zgartirish kiritganimiz yo'q. O'yinchilarimiz yana bir bor g'alabaga qanchalik tashna ekanligini ko'rsata oldi. Ular birgalikda mehnat va sabr qilishni biladi”, — deydi Tuxel.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar