Tomas Parti Londonga uchmoqda
05 okt 2020 22:57
Yangiliklar


Tomas Parti Londonga uchmoqda
"Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Parti "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning bergan malumotiga ko'ra, xavbek Londonga uchib kelmoqda. Bundan bir necha soatlar oldin "Arsenal" "Atletiko"ga Partining tovon pulini to'lashga rozi bo'lganini malum qilgan. Ushbu summa 50 mln evroni tashkil qiladi. O'z navbatida "Atletiko" Lukas Torreyrani ijaraga oladi.
O'tgan mavsumda Parti LaLigada 35 o'yinda 3 gol urdi. Ushbu mavsumda esa u 3 o'yinda qatnashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar