Tomas Parti "Arsenal"da libosdagi raqamini o'zgartirdi
29 iyu 2021 16:28
Yangiliklar
Tomas Parti "Arsenal"da libosdagi raqamini o'zgartirdi
"Arsenal" yarim himoyachisi Tomas Parti klubdagi raqamini o'zgartirdi.
Oldinroq futbolchi "18" raqam ostida to'p tepayotgandi, endi u "5" raqam ostida harakat qiladi.
"Menga "5" raqami yoqadi, sababi bu jamoadagi eng muhim raqamlardan biri, u meni baxtli qiladi. Men o'tgan yillar davomida ushbu raqam ostida o'ynaganman, bu men uchun eng yaxshi raqamlardan", - deydi Parti.
Parti "Arsenal"da 2020 yilning kuzidan beri o'ynaydi. 28 yoshli ganalik futbolchi "kanonirlar" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar