Tomas Myuller: “Union” bizni o'z “nog'orasi”ga o'ynatdi”
18 may 2020 07:05
Yangiliklar


Tomas Myuller: “Union” bizni o'z “nog'orasi”ga o'ynatdi”
“Bavariya” Bundesliga 26-turidan o'rin olgan “Union Berlin”ga qarshi bahsda 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng Myuller fikrlari bilan bo'lishdi.
“Maqsadimiz uch ochko olishdan iborat edi. Biz buni uddaladik. Avvaliga “Union” bizni o'z o'yinini o'ynashga majbur qildi: juda ko'p uzun paslar va hech qanday aniq paslar bilan. Keyin esa hammasi yaxshi bo'ldi”, — deydi Myuller.
Myuller “Union”ga qarshi bahsning 89-daqiqasida almashtirildi. Uning o'rniga Mikael Kyuizans o'yinni davom ettirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar