Tomas Myuller: Umid qilamanki, Italiyaga qarshi o'yindan so'ng yig'lamaymiz
30 iyu 2016 10:20
Yangiliklar
Tomas Myuller: Umid qilamanki, Italiyaga qarshi o'yindan so'ng yig'lamaymiz
Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller Evropy-2016 chorak finalidan o'rin olgan Italiyaga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
O'tgan safar Italiyaga yutqazganimizda xafa bo'lgandim. Barchasi yig'i bilan tugagandi. Umid qilamanki, bu safar barchasi yaxshi tugaydi. Keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman.
Germaniyada ajoyib futbolchilar ko'p, shu bois chorak final oxirgi manzil bo'lmaydi. Italiya juda yaxshi himoyalanadi, ammo xatoga yo'l qo'ymaydigan jamoaning o'zi yo'q, - deydi Myuller.
Fikrlar