Tomas Myuller Bundesligada 400-o'yinini o'tkazdi
18 dek 2021 09:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/673803_original.jpg)
![](/upload/storage/673803_220.jpg)
Tomas Myuller Bundesligada 400-o'yinini o'tkazdi
"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller Bundesliga doirasida "Volsburg"ga qarshi o'yinda (4:0) ishtirok etib, gol va golli uzatma muallifiga aylandi.
Bu 32 yoshli germaniyalik futbolchi uchun "Bavariya" bilan Bundesligadagi 400-o'yin bo'ldi.
Myullerning "Bavariya"dagi debyutidan buyon (2008 yil) faqatgina uch nafar futbolchi TOP-5 chempionatida bitta klub uchun undan ko'p o'yin o'tkazgan: Lionel Messi (442 ta o'yin), Serji Buskets (431 ta o'yin - ikkalasi "Barselona") va Stiv Mandanda (429 ta o'yin, "Marsel").
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar