Tomas Myuller: "Biz juda ochmiz"

Tolibjon Qosimov
25 apr 2018, 13:19
"Bavariya" forvardi Tomas Myuller YCHL yarim final birinchi uchrashuvi doirasida "Real"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.

"Bunday jamoani mag'lub etish juda qiyin, ulardagi o'yinchilarning klassi juda yuqori. Albatta, har ikki jamoa bir-biriga katta hurmat bilan qaraydi.

Yarim finalda ikkita grand uchrashadi, bu esa har doim yuqori bosimni kafolatlaydi. Hammasini istalgan kichik detallar, istalgan xato hal qilishi mumkin. So'zsiz, biz final xushtagi chalinguncha kurashamiz. Lekin, huddi shu narsani raqibning istalgan o'yinchisi ham aytishi mumkin.

Agar biz yana bir bor Xaynkes bilan trebl qilsak, bu ajoyib bo'lardi. Bizda motivaciya cheksiz. Biz oxirgi 5 yilda Chempionlar ligasini yutmadik. Shu sabab, hozir juda ochmiz", - dedi Myuller.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com