Tomas Brdarich: ‹‹O'zbekistondagi faoliyatim anchagina foydali o'tgan››
07 noy 2013 09:00
Yangiliklar

Tomas Brdarich: ‹‹O'zbekistondagi faoliyatim anchagina foydali o'tgan››
Bir muddat avval Toshkentning ‹‹Bunyodkor›› jamoasida sport direktori sifatida faoliyat yuritgan Tomas Brdarich hozirda Germaniyaning quyi ligalaridan birida ishtirok etuvchi "TSG No'yshtrelic" jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Brdarich yaqinda bergan intervyusida O'zbekistondagi faoliyatiga ham qisqacha to'xtalib o'tdi.
- Bir qancha vaqt davomida O'zbekistonda faoliyat olib bordingiz. Bu jarayonda nimalarni o'rgandingiz? Faoliyatingizda qandaydir yangiliklar bo'ldimi?
- Men anchadan beri murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Ammo mening jamoam hech qachon turnir jadvali yuqorisida turgan emas… CHunki menda jamoani boshqara olish borasida tajriba etishmasdi. SHu sababdan chetga chiqdim (SA: O'zbekistonga). Ortga nazar tashlaydigan bo'lsam, bu men uchun ancha foydali, shu bilan birga murakkab davr bo'ldi… Ilk marta o'zga yurtda faoliyat yuritdim, o'zga bir tilni o'rgandim…
- O'yinchilik vaqtingizda sizni anchagina ochiqko'ngil inson sifatida tanirdik. Bunday harakterli murabbiy Brdarich jamoani qanday boshqarmoqda?
- O'yinchi hech qachon kurashdan to'xtamasligi lozim. Yiqildingmi, tezda o'rningdan tur va shunda sen nimagadir erishishing mumkin. Futbolchilarga asosiy talabim –shu. Mana shu shiorimni sekin-asta jamoaga ham olib kirmoqdaman.
Zoxirjon Akramxonov tarjimasi

Fikrlar