Toma Lemar: "O'tgan yildagi statistika nimaga qodirligimni ko'rsatmaydi"
16 iyu 2019 20:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/506834_original.jpg)
![](/upload/storage/506834_220.jpg)
Toma Lemar: "O'tgan yildagi statistika nimaga qodirligimni ko'rsatmaydi"
"Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemar o'tgan yildagi xatti-harakatlarini tahlil qildi.
"Atletiko"dagi ilk mavsumimda eng yaxshi natijalar kuzatilmadi. Bu meni nimaga qodirligimni ko'rsatmaydi. O'tgan mavsum oldidan kam tatil olgandim. "Monako"dagi uzun mavsum va keyin Jahon chempionati... Tatilim 1 haftaga cho'zilgandi. Bu to'liq tiklanish uchun juda kam va mening o'yinimga qattiq tasir qilgan jihat", – deydi Lemar.
Eslatib o'tamiz, Lemar o'tgan mavsum "Atletiko" libosida 31 uchrashuv o'tkazib, 3 tadan gol va assistni qayd etgan.
Lemar Joau Feliksning 127.2 mln. evrolik katta transferi amalga oshguniga qadar "Atletiko"ning eng qimmat transferiga aylangandi. O'tgan yili u "Monako" safidan 70 million evro evaziga Diego Simeone jamoasiga o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar