So’nggi yangiliklar

22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9

Tom Saintfit: "O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko'p" Yangiliklar

Tom Saintfit: "O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko'p"

Gambiya terma jamoasi bosh murabbiyi Tom Saintfit Qatarda bo'lib o'tayotgan futbol bo'yicha Jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jahon chempionati juda qiziq o'tmoqda. Guruh bosqichida unchalik sermahsul bo'lmagan o'yinlar juda ko'p bo'ldi. Lekin futbol saviyasi juda yaxshi. Men uchun murabbiy sifatida fikrlash uchun juda ko'p voqeliklar taqdim etildi. Hozirgacha eng yaxshi jamoalar Franciya va Braziliya, ammo eng yaxshi murabbiylar Fernandu Santush va albatta Lui Van Gal. Van Galda avvalgidek yorqin o'yinchilar yo'q, ammo taktik jihatdan uning jamoasi deyarli mukammal o'ynaydi. Ishonchim komilki, pley-offda bizni yana ko'plab yorqin o'yinlar kutib turibdi. Men Lui kasallik bilan kurashayotganini bilaman. Ammo u hozir qilayotgan ishi shunchaki qahramonlik", – deya gap boshladi belgiyalik murabbiy.



- Ushbu chempionatdagi Osiyo jamoalari haqida nima deya olasiz?

- Osiyo futboli rivojlanmoqda va o'ylaymanki, Jahon chempionatida bu mintaqadan ko'proq jamoa ishtirok etishi kerak. Bu erda 6 ta jamoa o'ynadi, Qatardan tashqari hamma juda qiziqarli futbol ko'rsatdi. Germaniya va Ispaniya kabi "yirtqich"larni mag'lub etgan Yaponiya jamoasining juda yuqori sifatli o'yinini alohida etirof etish mumkin. Kecha esa Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lishdi. Koreya va Avstraliya terma jamoalari ham pley-offga yo'llanma oldi. Eron va Saudiya Arabistonida imkoniyat bor edi. Lekin Osiyoda boshqa kuchli jamoalar bor. Masalan, Iroq va O'zbekiston.

- O'zbekiston futboli bilan tanishmisiz? 

- Ha, men bu jamoani anchadan beri kuzatib kelaman. Bu mamlakatda iqtidorli futbolchilar ko'p, lekin har safar Jahon chempionatiga chiqishiga oz qoladi. Balki gap taktik xatolar va ishni tashkil etishdadir. Balki murabbiy bazan noto'g'ri tayinlangandir yoki tanlashda adashishgandir. Qo'shni Qirg'izistonda mahalliy o'yinchilarni tayyorlash uchun kuchli baza yo'q, ular Evropa futbolida yaxshi malumotga ega bo'lgan futbolchilarni jalb etish yo'lini tutdilar va bu o'z samarasini berdi. Ana shunday o'yinchilardan biri Edgar Bernxardt Germaniya va Niderlandiyada ishlaganimda ko'p yillar qo'l ostimda o'ynagan. O'zbekistonda Evropa ligalarida harakat qiladigan futbolchilar ko'p bo'lishi kerak.

Malumot o'rnida aytish joiz, Qirg'iziston terma jamoasi amaldagi murabbiyi Aleksandr Krestinin ishlagunga qadar FIFA reytingida 203-pog'onada edi, hozir esa 95-o'rinni band etib turibdi.



- Afrika va Osiyoning turli terma jamoalari bilan ko'p ishlagansiz. Osiyoga qaytishni tasavvur qila olasizmi?

- Nega yo'q. Mening orzum – Jahon chempionatiga chiqishni maqsad qilgan jamoa bilan ishlash. Hozir Gambiya bilan shartnomam bor. Biz Afrika Kubogida 16-o'rinni egalladik, bu kamtarona imkoniyatlarga ega jamoa uchun juda yaxshi natija. Ammo kelajakda katta maqsadlarni qo'ygan boshqa jamoada ishlash imkoniyati bo'lsa, chakki bo'lmasdi.


Miron Goyxmann suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика