Tolisso Deshamning qarori haqida: “Bu biz uchun syurpriz bo'ldi”
30 may 2021 22:45
Yangiliklar


Tolisso Deshamning qarori haqida: “Bu biz uchun syurpriz bo'ldi”
“Bavariya” va Franciya TJ yarim himoyachisi Korenten Tolisso “Real” forvardi Karim Benzemaning termaga qaytganiga fikr bildirdi.
Dide Desham Benzemani Evro-2020 uchun yakuniy qaydnomaga kiritishga qaror qildi.
“Karim buyuk futbolchi ekanligini bilamiz. Biroq, uning qaytishi boshqalar kabi futbolchilarga ham kutilmagan syurpriz bo'ldi. Sport nuqtai nazaridan, bu qaror u “Real”da ko'rsatgan o'yinini hisobga olsak ajablanarli emas.
Bolaligimdan “Lion” muxlisi bo'lganim tufayli unga muxlislik qilardim, o'shanda 13-14 yosh edim. Bir kun kelib Karim bilan bitta jamoa o'ynashimni xayolimga ham keltirmaganman. Bundan faxrlanaman”, deydi Tolisso.
O’xshash yangiliklar
08:30
O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi 3

Fikrlar