So’nggi yangiliklar

14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  1 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  5 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  5 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  14 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2

Tolibjonov Pro-liga o'yinlaridan chetlashtirildi Yangiliklar

Tolibjonov Pro-liga o'yinlaridan chetlashtirildi

Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi Olim Tolibjonov borasida qaror chiqardi.

 O'zbekiston futbol associaciyasi hamda O'zbekiston professional futbol ligasi hamkorligida olib borayotgan islohotlar zamirida futbolning ommaviyligi va tomoshabopligini oshirish, stadionlarga muxlislar tashrifini orttirish, futbolning shaffofligini taminlash kabi jihatlar yotganligi sir emas. Buning uchun birinchi galda qiladigan ishlar qatorida hakamlar saviyasini takomillashtirish, ularning o'yinlarni halol va haqqoniy boshqarishini taminlash  uchun sharoitlar yaratib berish talab etilardi.  O'FA va PFL qisqa vaqt ichida buni amalga oshirdi. SHunga qaramay hamon o'z ishiga masuliyat bilan yondoshmayotganlar paydo bo'layotganligi bor gap.  O'tgan shu davr oralig'ida bir qator hakamlar yo'l qo'ygan xatolari uchun jazolanishdi. SHunda ham to'g'ri xulosa chiqarmayotganlar topilmoqda.

Olim Tolibjonov o'tgan mavsumda “SHo'rtan” – “Navbahor” uchrashuvini boshqarib, yakunda nazoratchi Alisher Abdullaev tomonidan qoniqarsiz (4,0) baho olgan edi.  Hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi qaroriga binoan O'zbekiston chempionati, birinchiligi va O'zbekiston Kubogi o'yinlari doirasidagi 10 ta o'yinga chetlatilgandi.


Yangi mavsumdan faoliyatini davom ettirayotgan Olim Tolibjonov Pro-liganing 3-tur doirasida “G'ijduvon” – “Iftixor” uchrashuvini boshqardi. Afsuski, uning maydondagi xatti-harakatlari uchrashuv nazoratchi hakami SHamil Jumaev tomonidan yana 2 ballga (“4”) baholandi.

O'yin nazoratchi hakamining bildirgisiga binoan  Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi ushbu masalani o'rganib chiqdi va “Hakamlarning tartib-intizom kodeksi”ga binoan qaror chiqardi. Unga ko'ra, Olimjon Tolibjonov nomalum muddatga Pro-liga o'yinlaridan chetlashtirildi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика