So’nggi yangiliklar

19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  0 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:50Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум". Таркиблар маълум  1 18:45Про лига. "Арал" – "Локомотив" 1:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  17 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  1

Tolibjon Qosimov bilan tortishuv, Alijonov-Muhammadiev mavzusi, "O'zbekistondagi iqtidorlar Rossiyadagidan ko'p" - Andrey Fyodorov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Tolibjon Qosimov bilan tortishuv, Alijonov-Muhammadiev mavzusi, "O'zbekistondagi iqtidorlar Rossiyadagidan ko'p" - Andrey Fyodorov ishtirokidagi matbuot anjumani

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov Coca Cola Superligasi 8-turi doirasida "Surxon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




- Restartdagi ilk g'alabadan keyin ruhiy tayyorgarlikka ko'proq etibor berdik. Biz barcha o'yinlarni og'ir deb hisoblaymiz. Hozirda murabbiylar shtabi bilan nafaqat kelgusi turdagi raqib, balki, chempionatning barcha o'yinlarini kuzatib borishga harakat qilyapmiz. Biror jamoa oson o'yin o'tkazmayapti. O'tgan turda "Qizilqum" mag'lub etilganidan keyin ayrim muxlislar "Loko" o'ziga kelib oldi, endi barcha raqiblar yanchib tashlansa kerak deb o'ylashdi. Yo'q. O'tgan g'alabadan keyin kichik davr mobaynida futbolchilarni "Surxon"ga qarshi o'yin yanada og'irroq bo'lishini tushuntira olganimiz va bunga erishganimizga xursandman. SHuningdek, futbolchilar ham bizning barcha gaplarimizni, yo'riqlarimizni to'g'ri tushunishmoqda. Biror jamoa ochkolarni shundoq berib qo'ymayapti, ochkolarni tortib olish kerak. Buning uchun esa juda kuchli xarakter va kasbga fidoyilik bo'lishi kerak. Yigitlarga rahmat, bugun biz haqli g'alabaga erishdik.

(shu savoldan keyin tortishuv boshlandi) Tolibjon Qosimov (championat.asia): - Bugun SHuhrat Muhammadievning o'rniga tushgan Javohir Alijonov yaxshiroq o'ynadi. SHuhrat esa birinchi bo'limda jamoaning eng nozik nuqtasi bo'ldi. Alijonov 90 daqiqa o'ynashga tayyor emasmi?
- Bu siz uchun shundaydir. Biroq u biz tomondan yuklatilgan vaziyatlarni to'laqonli ado etdi.

Tolibjon Qosimov (championat.asia): - Biroq Muhammadiev 3-4 marta oddiy joylarda to'pni yo'qotdi.
- Xo'sh, Javohir necha marta yo'qotdi? U kurashmadi. Keling, bahslashib ketish darajasiga etib bormaylik. SHunchaki, sanab ko'ringchi, u necha marta to'pni yo'qotdi. Muhammadiev esa o'zi yo'qotgan to'plarni qaytarish uchun qattiq harakat qildi.

Tolibjon Qosimov (championat.asia): - Qanot vingeri sifatida bugun Alijonov Muhammadievdan yaxshiroq o'ynadi, havolatib to'p uzatishlari amalga oshirdi.
- Alijonov o'yinni o'ziga olishga harakat qilgani menga yoqdi. SHuningdek, boshqalarga ham. O'yindan oldin menga qo'ng'iroqlar ham bo'ldi: "Alijonov, Alijonov, Alijonov...". U loyiq bo'lsa, asosiy tarkibda o'ynaydi. Hozir esa Muhammadiev asosiy futbolchi. Endi Alijonovning o'ziga: "Nima uchun Muhammadiev asosiy tarkibda", deb savol bering.

- AGMKga qarshi o'yindan oldin "Mashal"ga qarshi bahs ham bor. Ungacha Slavko Damyanovich ham tarkibga qaytadi. SHuningdek, tarkibda Kaxi ham bor. O'tgan 2 o'yinda Farruh Ibrohimov yomon o'ynamadi. Umuman olganda, ushbu mavsumda Ibrohimovning asosiy tarkibga kirishi uchun qanchalik imkoniyat bor?
- Menimcha, bunga gapirishga erta. CHunki hali u o'yinga qanday tarkib bilan boramiz, hech kim bilmaydi. Jarohatlar bo'lmasin. "Mashal"ga qarshi bahs ham borligini inobatga olib, hali bu borada gapirishga erta deb hisoblayman. Ibrohimov esa o'tgan davr mobaynida katta o'sishga erishdi. To'g'risini aytaman, unga doim ishonganman. SHu sababli u kelajakda ajoyib kareraga ega futbolchi bo'la oladi deya olaman. Bu esa faqatgina uning o'ziga bog'liq. U o'tgan 2 o'yinni o'zining darajasida o'tkazdi. Bugun qay tariqa g'alabaga erishganimizni esa boya aytib o'tdim: kuchli xarakter va kasbga fidoiylik. Oddiy o'yinlar yo'q, bu xoh etakchi jamoa bo'lsin, xoh o'rtacha jamoa. Siz ham chempionat o'yinlarini ko'rib boryapsiz, xo'sh, 5:0, 4:0 hisobi qayd etilgan bo'lsa-da, shu o'yinlarda jamoa osonlik bilan yutdimi? Buni men futbolchilarning tayyorgarligiga yo'yaman. SHuningdek, hozirda ko'p narsa xarakterga bog'liq. Farrux mavsumni yuqori saviyada davom ettirishga tayyormi, demak, u uzoqqa boradi. Balki hozir bu gaplar noo'rindir, mening rus matbuotiga bergan intervyuimni o'qiganlar bo'lsa kerak. O'zbek saytlari esa buni qisqa-qisqa qilib kesib olib, ommaga malum qilishdi. O'shanda men 16-21 yoshgacha bo'lgan iqtidorli futbolchilar Rossiyadan ko'ra O'zbekistonda ko'proq deb aytganman. Biroq Rossiyada O'zbekistondan ko'ra yoshlari uzoqroqqa borishadi.

- SHunchaki, biz u erda yashamaganmiz.
- Yo'q, yashash shart emas. Rossiya Premer-ligasida iqtidorli va texnik futbolchilar o'zbek chempionatidan ko'ra kamroq. Biroq ular futbolda yanada ko'proq va uzoqroq qolishni maqsad qilishadi. Rossiyada ishladim va ko'rdim. Hozir esa O'zbekistonda ishimni davom ettiryapman. Biz bilan 5-6 nafar juda yosh futbolchilar mashg'ulot qilishmoqda. SHuningdek, yoshlar jamoamiz tarkibidan ayrim iqtidorlilarni asosiy tarkibga jalb qilib turibmiz.

- Balki, yoshlar uy va mashina sotib olganidan keyin to'xtab qolayotgandir.
- Bilmadim. SHunchaki, biz rivojlanib, o'sishda davom etishimiz kerak. O'zbekiston men uchun begona davlat emas. Men ham ushbu davlat futboli yuksaklarga chiqishini istayman. O'yindan uzoqlashib ketdik. Barchaga rahmat. G'alaba bilan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика