To'laqonli kurashning qaytishi: A Seriya 22-turi uchun prevyu
26 jan 2024 21:43
Yangiliklar
To'laqonli kurashning qaytishi: A Seriya 22-turi uchun prevyu
"Kalyari" — "Torino"
Klaudio Raneri hali ham bir qator futbolchilarning xizmatlaridan foydalana olmayapti, shunday ekan "orolliklar"dan syurprizlar kutish noo'rin, asosiy tarkibda o'tgan o'yinda jarohat olgan Audjello o'rniga Acci tushishi kerak. Nazariy jihatdan Eldor SHomurodov qaydnomada bo'lishi mumkin, ammo katta ehtimol bilan bu biroz keyinga qoldiriladi. 2 forvard bilan o'ynaydigan "Torino"ning sxemasidan ham syurprizlar kutish kerakmas, Sapata va Sanabriya yana asosiy tarkibda o'yinni boshlashadi, Radonich esa jarohati sabab jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
Ularning oldingi o'yini aqlbovarqilmas darajada zerikarli bo'lgan va Turindagi muxlislar gollar ko'rishmagandi. Bu safar qiziqroq bo'lishi kerak, bundan tashqari "Kalyari" uyda tomoshabop o'yin ko'rsatadi. Jamoada g'alaba uchun juda yaxshi imkoniyat bor, garchi "buqalar"ning zich mudofaasidan o'tish oson bo'lmasa ham.
Cagliari Nicolas Viola - 77' |
Serie A . 22-tur 27/01/2024, 00:45 2
:
1
Tugadi
|
Torino Duvan Zapata - 23', Samuele Ricci - 45' |
Stadion: Unipol Domus, 16196 tomoshabin
Bosh hakam: Andrea Colombo
"Yuventus" — "Empoli"
Rabo o'yingacha tiklanishga ulgurmaydi, Keza esa navbatdagi kichik jarohatni oldi, shunday ekan hujumda Vlaxovich bilan yana Yildiz ko'rinish beradi. Maydon markazida Raboning o'rnini Miretti egallaydi. Kaputo va Baldzanining o'ynash ehtimoli kam, shunday ekan "Monca"ga qarshi xet-trik muallifi Jurkovski hujumda bo'ladi. Mushak jarohatini boshdan kechirayotgan Kovalenko va Bastonining o'yindagi ishtiroki so'roq ostida, Kambyagining jarohati esa jiddiy emas, shunday ekan u asosiy tarkibda maydonga chiqadi.
"Yuventus" ilk davrada mehmonda ishonchli tarzda 2-0 hisobida g'alaba qozongandi va tabiiyki hozir ham ushbu juftlikdagi yaqqol favoritdir. Davide Nikolega to'liq hurmatni saqlagan holda aytish mumkinki, u ikki haftada hozirgi "Empoli"dan A Seriya etakchilaridan biriga qarshi turib bera oladigan jamoa qilishi qiyin masala.
Juventus Dusan Vlahovic - 50' |
Serie A . 22-tur 27/01/2024, 22:00 1
:
1
Tugadi
|
Empoli Tommaso Baldanzi - 70' |
Stadion: Allianz Stadium, 39518 tomoshabin
Bosh hakam: Livio Marinelli
"Milan" — "Bolonya"
"Milan"ning lazareti hozir ham bo'sh emas, ammo Piolining baxtiga yangi jarohat olganlar yo'q, to'pig'idan kichik jarohati bor bo'lgan Kalabriyaning o'yindagi ishtiroki so'roq ostida. Qolgan chiziqlarda "Udineze"ga qarshi o'yinlardagi tarkib chiqishi kerak. Posh diskvalifikaciya sabab o'yinda ishtirok eta olmaydi, shunday ekan uning o'rnida Di Silvestri o'ynaydi. SHuningdek Salemakersning bahsdagi ishtiroki so'roq ostida. Ammo, diskvalifikaciyadan so'ng Zirkze qaytadi, bu esa "Bolonya" hujumini xavfliroq qiladi.
"Milan" o'tgan safar mehmonda 2-0 hisobida g'alaba qozongan, "rossoneri" hozir ham ushbu o'yinning yaqqol favoriti, bu esa ularning 4ta o'yinlik g'alabali seriyasi fonida mantiqan to'g'ri. Ammo, men baribir ulardan erta g'olib yasamoqchi emasman, "Bolonya" etakchilar uchun ancha xavfli jamoa, shunday ekan Pioli shogirdlari uchun oson bo'lmasligi aniq.
AC Milan Ruben Loftus-Cheek - 45', Ruben Loftus-Cheek - 83' |
Serie A . 22-tur 28/01/2024, 00:45 2
:
2
Tugadi
|
Bologna Joshua Zirkzee - 29', Riccardo Orsolini - 90' |
Stadion: San Siro, 80018 tomoshabin
Bosh hakam: Davide Massa
"Lacio" — "Napoli"
Diskvalifikaciya sabab Immobile o'ynamaydi, katta ehtimol uning o'rnini Kastelyanos egallaydi, agarda argentinalik tiklanishga ulgurmasa, hujum markaziga Felipe Anderson tashlanadi. Sarri uchun yaxshi yangilik Patrikning safga qaytishi bo'ldi. "Napoli"da tarkib bilan bog'liq aqlbovarqilmas muammolar bor, ularning yoniga Xvichaning jarohati ham qo'shildi, shuningdek Kayuste va Simeoneda ham diskvalifikaciya bor. Hujumda Raspadore, Politano va Lindstrem bo'lishi katta ehtimol, markazda esa yana Gaetanoni ko'ramiz.
"Lacio" ilk davrada 2-1 hisobida g'alaba qozongan va hozir ham o'yinda favorit maqomiga bo'ladi. "Burgutlar"dagi muammolarga qaramay raqiblarda holat juda ham yomon, shunday ekan "Napoli"ga "Boqiy shahar"da qiyin bo'ladi, o'yinning o'zi esa holatni hisobga olsak juda qiziqarli bo'lishi mumkin.
Lazio |
Serie A . 22-tur 28/01/2024, 22:00 0
:
0
Tugadi
|
SSC Napoli |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 32000 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
"Fiorentina" — "Inter"
Dodo va Kastrovilli hali mashg'ulot o'tamoqda, Kuame esa Afrika millatlar kubogidan qaytib kelishga ulgurmaydi, ammo Niko Gonsales jarohat so'ng qaytishi kerak, ammo u butun o'yinda harakat qilishga tayyor bo'lmaydi. Simone Inzagidan anchadan beri ilk bor tarkib bilan muammo paydo bo'lgan, Bastoni, CHalxanoglu va Barella o'ynay olmaydi, Dumfrisning o'yindagi ishtiroki so'roq ostida. Yaxshiyamki, ularning o'rnini to'ldira oladiganlar bor, aniqrog'i Frattezi va Aslani muhim o'yinda yaxshi imkoniyatga ega bo'lishadi. Hujumda doimiy Lautaro-Tyuram juftligi chiqadi.
"Inter" ilk davrada "Fiorentina"ni 4-0 hisobida mag'lub etgan holda raqibga imkon qoldirmagandi va Florenciyada buni eslab qolishgan. "Fiorentina"ning ushbu o'yindagi motivaciyasi yuqori bo'lishiga ishonchim komil, ammo har qanday holatda ham ularga qiyin bo'ladi. "Inter" yo'qotishlar bilan ham juda xavfli raqib bo'lib qoladi.
Fiorentina |
Serie A . 22-tur 29/01/2024, 00:45 1
:
0
Tugadi
|
Inter Lautaro Martinez - 14' |
Stadion: Artemio Franchi, Firenze, 35084 tomoshabin
Bosh hakam: Gianluca Aureliano
Sergey Rumyancev tayyorladi
Fikrlar