So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  5 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

Tokio-2020 da to'p tepishingga ishonasanmi? Unda o'zingni sinab ko'r! Yangiliklar

Tokio-2020 da to'p tepishingga ishonasanmi? Unda o'zingni sinab ko'r!

Teglar :  Tokio-2020O'FA
Tokio-2020 Olimpiadasining futbol turniriga puxta hozirlik ko'rish uchun O'FA tanlov elon qiladi.

Sir emaski, 1997 yil hamda undan keyin tug'ilgan futbolchilar Yaponiya mezbonligida o'tadigan Olimpiadaning futbol turnirida ishtirok etishi mumkin. Ayni paytda Tokioga borishi mumkin bo'lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxati elon qilingan va ular tayyorgarlikni davom ettirishyapti. Yaxshi tomoni shundaki, Jakartada bo'lib o'tadigan Osiyo O'yinlarida ham mana shu tarkibning bir qator azolari bor.

Biroq O'FA bu bilan cheklanib qolmoqchi emas. Superliga o'yinlari to'liq translyaciya qilina boshlagach, chempionatda to'p surayotgan futbolchilarni kuzatish va ularning salohiyatini tahlil qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Biroq Pro-Liga, Yoshlar Ligasi, U18 chempionatida, shuningdek, futbol akademiyalari, maktablarida ham bir qator umidli futbolchilar to'p suradi.

SHundan kelib chiqib, Jahon CHempionati vaqtida O'FA komissiyasi Tokioga borishi mumkin bo'lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatiga kirmagan, biroq o'zini ko'rsata olishiga ishonchi bor futbolchilar o'rtasida tanlov elon qiladi. Bunda Pro-Liga klublari futbolchilari, Yoshlar Ligasi vakillari o'z omadini sinab ko'rishi mumkin bo'ladi.

Pro-Liga klublari yozgi tanaffusni iyul oyida o'tkazadi. Demak, mazkur liga klublari aynan iyul oyida sinovda bo'lishi mumkin. Qolgan futbolchilar esa Jahon CHempionati vaqtida o'z omadini sinab ko'rishi mumkin.

Murabbiylar shtabi hamda komissiya vakillariga maqul kelgan futbolchilar asosiy jamoa mashg'ulotlariga jalb qilinishi mumkin. Maqsad — futbolda faoliyatini davom ettirayotgan, ammo ayrim sabablarga ko'ra etibordan chetda qolayotgan futbolchilarga ham imkoniyat taqdim etish. Ajab emas, ularning orasidan ham salohiyatli futbolchilar chiqib qolsa.

O'zini ko'rsatish istagida bo'lgan futbolchilar media@the-uff.com manziliga o'zlari haqlarida malumot yuborishlari kerak bo'ladi.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика