Tojikistonning "Istiqlol" klubiga bosh murabbiy tayinlandi
16 jan 2023 16:48
Yangiliklar


Tojikistonning "Istiqlol" klubiga bosh murabbiy tayinlandi
Rossiyalik mutaxassis Igor CHerevchenko "Istiqlol" klubi bosh murabbiyiga aylandi.
Qayd etilishicha, mutaxassis Dushanbega borib, jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olgan. U bilan 1 yillik shartnoma tuzildi.
"Boshqa variantlar ham bor edi, lekin men Tojikistonni afzal ko'rdim", – dedi CHerevchenko.
Rossiyada murabbiy sifatida ishlagan Igor CHerevchenko Moskvaning "Lokomotiv", Kaliningradning "Baltika", Tulaning "Arsenal" va Moskva viloyatining "Ximki" klublarini boshqargan. "Lokomotiv" bilan 2014/2015 yilgi mavsumda Rossiya Kubogini qo'lga kiritgan.
"Istiqlol" – Tojikistonning 11 karra chempioni, 9 karra Tojikiston Kubogi sohibi, Tojikiston Superkubogining 10 karra sohibi. Klub ketma-ket to'qqiz mavsumdan beri mamlakat chempionligini qo'lga kiritib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar