So’nggi yangiliklar

08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  2 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  12 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0

Tojikistonlik murabbiy Antonio Kontedan o'rnak olar ekan. Bizning murabbiylar-chi? Yangiliklar

Tojikistonlik murabbiy Antonio Kontedan o'rnak olar ekan. Bizning murabbiylar-chi?

Saytimizda elon qilingan Vitaliy Levchenkoning intervyusini maza qilib o'qidim.

Levchenko - Tojikistonning "Istiqlol" klubi bosh murabbiyi. Faqat Pro licenziyasi bo'lmagani uchun qog'ozda bosh murabbiy emas, xolos. Lekin OCHL o'yinlarida ko'ryapmizki, jamoani maydon chetida shu inson boshqaryapti. 

Hamkasbimiz Narzulla Saydullaevning "Istiqlol" qarshi hujumda ajoyib o'ynamoqda. Evropadagi qaysi jamoalardan namuna olishga intilasiz?" degan savoliga Vitaliy Levchenko shunday degan: 

- "Tarkibimizdagi futbolchilardan kelib chiqib o'ynaymiz. Evropadan Antonio Kontening ish uslubi va taktikasi menga ko'proq yoqadi. Bu murabbiy boshchiligidagi jamoalar qanday o'ynashi, qanday qarshi hujumga o'tishi va pressing qilishi men uchun etalon. SHunday ekan Antonio Konte men uchun haqiqiy namuna".

Murabbiy o'z intervyusida Kievda UEFA Pro licenziyasi uchun tahsil olayotganini va u erda italiyalik murabbiylar dars berayotganini aytib o'tgan. Yosh mutaxassis shuningdek, "Al Hilol"dek kuchli klub 4:1 hisobda mag'lub etilishida raqibning kuchli-kuchsiz tomonlarini diqqat bilan o'rgangani qo'l kelganini alohida takidlagan. 

Menga Vitaliy Levchenkoning Antoni Konte hamda raqibni o'rganish borasidagi gaplari maqul keldi. Bundan ko'rinib turibdiki, murabbiy o'zi uchun malum bir yo'lanishni tanlab bo'ldi. Demak, u italyancha taktik futbol shaydosi. Savol tug'iladi: bizning murabbiylar qanday futbol shaydosi? Albatta, kimgadir italyancha, kimgadir ispancha, nemischa, inglizcha, portugalcha futbol yoqadi.

Lekin kimdir umuman evrofutbol ko'rmaydi va o'zi bilgan taktikani qo'llaydi. Qaniydi bizda ham murabbiylar licenziya uchun o'qishni Evropada amalga oshirsa. CHunki haqiqiy futbol u erda. To'g'risi, Toshkentda yillar davomida o'tkazib kelingan Pro licenziyasi uchun o'quv kurslari faqat o'z darajamizda bo'lib kelgan. Bu o'qishlar OCHLni yutish, JCHga chiqish uchun kamlik qiladi. 

Hech eshitganmisiz, falonchi murabbiy Evropaning falonchi jamoasida malaka oshirib qaytibdi, falonchi murabbiy evropalik murabbiyning ish uslubini o'rganyapti ekan. Oxirgi yillarda kimdir shunday qilganini eslolmadim. Hozir ko'p sohalarda oldinga siljish ketyapti, yoshlarga bizdagi bilimlar kamlik qilyapti, ular Evropaga, Amerikaga, Osiyoga oshiqyapti.

Biz xohlardikki, murabbiylarimiz ham bilimning ortidan quvsa. Kerak bo'lsa, Eropaning manaman degan klublariga borib tajriba oshirib qaytishsa. CHunki zamonaviy futbolda MURABBIYLAR tutgan o'rni nihoyatda katta. Futbolchini bor qiladigan ham, yo'q qiladigan ham avvalo murabbiy deb bilaman.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика