Tojikiston TJ ustozi: “Rossiya darajasidagi terma jamoalar Osiyoda 4-5 tadan ko'p emas, boshqalarining esa ularga kuchi etmaydi”
15 noy 2022 09:15
Yangiliklar
Tojikiston TJ ustozi: “Rossiya darajasidagi terma jamoalar Osiyoda 4-5 tadan ko'p emas, boshqalarining esa ularga kuchi etmaydi”
Tojikiston terma jamoasi ustozi Petar Segrt Rossiya termasining OFKga azo bo'lishi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
Mazkur termalar o'rtasida 17 noyabr kuni o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.
“Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Saudiya Arabistoni kabi terma jamoalari Rossiya TJni eng zo'r kuni bo'lgandagina mag'lub etishlarini aniq bilaman. Osiyoda bu darajadagi termalar soni 4-5 tadan ko'p emas, qolganlari esa bu kabi kuchli raqibga qarshi hech qanday imkoniyatga ega bo'lmaydi”, deydi Segrt.
Fikrlar