So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  41 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Tojikiston TJ bosh murabbiyi: "O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanecga sog'liq tilayman va tezroq o'z ishiga qaytishiga tilakdoshman" Yangiliklar

Tojikiston TJ bosh murabbiyi: "O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanecga sog'liq tilayman va tezroq o'z ishiga qaytishiga tilakdoshman"

O'zbekiston hamda Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi bahsdan (5:1) so'ng tojikistonliklar ustozi Petr Segrt matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Birinchi navbatda O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz avvalgi uchrashuvlarda ko'p kuch yo'qotdik va bugungi o'yinga bir oz charchab etib kelgandek. Birinchi taymni ham yomon o'tkazmadik, lekin ikkinchi taymda charchab qoldik. Tanaffusda o'zgartirishga qo'l urganim xato bo'lib chiqdi. Murabbiylar ham xato qiladi va men xatoga yo'l qo'ydim. Mening fikrimcha, 5-1 hisobi adolatli emas, biz ikkinchi taymda o'zimizga o'xshamadik va raqib xohlagan ishini qildi. Men bugungi mag'lubiyatni o'z bo'yinimga olaman. Hozirgi xayollarim Nuriddinining jarohati bilan bog'liq, unga sog'liq tilayman. O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi ham jarohat olmaydi degan umiddaman. O'zbekiston beshinchi golni biz 10 nafar bo'lib qolganimizda urdi. O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanecga sog'liq tilayman va tezroq o'z ishiga qaytishiga tilakdoshman. Avvalroq aytib o'tganimdek, oila eng muhim narsa va sog'liq ham juda muhim. O'zbek xalqiga rahmat aytaman, ular yo'qori darajadagi mehmondorchilik ko'rsatishdi. Tojikistonlik muxlislardan uzr so'rayman. Biz bir bo'lim davomida g'alaba qozonayotgan edik va "kichik" finalga chiqish imkoniyatimiz bor edi, lekin so'ngida o'yinni boy berdik. So'ngi so'zim, rahmat O'zbekiston.

- Tojikiston terma jamoasining o'yinini ko'rdik, terma jamoa yaxshi o'yn namoyish etdi, lekin asosiy kamchilik ko'zga tashlanib qolmoqda. Jamoangizning jismoniy holati alo darajada emas.

- Jismoniy holatimizni yaxshilashimiz kerak, sababi bizni Osiyo kubogi kutib turibdi. Avvalroq aytib o'tganimdek, avvalgi uchrashuvlarda ko'p kuch yo'qotdik va shu sabab bugun mag'lub bo'ldik. Agar etibor bergan bo'lsangiz, bizning darvozamizga 3ta penalti belgilandi. Men ushbu so'zlarim bilan, hakamlarni ayblamoqchi emasman, bu bizning etiborsizligimizdan darak beradi. Biz ishlashda davom etamiz va o'yinimizni rivojlantirishimiz kerak.

- Musobaqa davomida, terma jamoangiz issiq havoda ikkita o'yin o'tkazishdi va shu holat haqidagi fikrlaringiz?

- Fikringizga yuz foiz qo'shilaman, bunday havoda o'ynash juda noqulay va futbolchilar sog'lig'iga zarar etkazishi mumkin. Masalan, Qatar jahon chempionatini iyun oyida o'tkazmadi.

- Ushbu musobaqa markaziy Osiyo futbolini rivojlantira oladimi? Siz ushbu musobaqaga ishonasizmi?

- Men ushbu musobaqani qo'llab quvvatlayman va ushbu musobaqaga ishonaman. Ushbu musobaqaga homiylar yordami kerak deb o'ylayman. Bir narsa taklif etishim mumkin, iltimos o'yinlarni 19:30dan keyin boshlash kerak. CAFA musobaqasi Eron,O'zbekiston kabi kuchli terma jamoalarga juda muhim emasdur, lekin Afg'oniston,Tojikiston, Qirg'iziston terma jamoalariga juda foydali. Barchaga rahmat, Srechkoga sog'lik va keyingi yili yana uchrashishimizga umid qilib qolaman.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика