Tojikiston termasi Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun katta miqdordagi pul mukofotiga loyiq ko'rildi!
31 jan 2024 07:05
Yangiliklar
Tojikiston termasi Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun katta miqdordagi pul mukofotiga loyiq ko'rildi!
Tojikiston milliy jamoasi Osiyo kubogida tarixiy natija qayd etmoqda. Terma jamoa o'z tarixidagi birinchi Osiyo kubogida chorak finalga yo'l oldi. Tojikiston Futbol Federaciyasi prezidenti Rustam Emomali Osiyo kubogida muvaffaqiyatli qatnashayotgan jamoa azolarini pul mukofoti bilan taqdirladi. Bu haqida Tojikiston Futbol Federaciyasi rasman malum qildi.
Federaciya bayonotiga ko'ra, Tojikiston terma jamoasiga guruhdan chiqqani uchun 300 ming dollar miqdorida mukofot pullari berilgan. Nimchorak finalda BAA ustidan qozonilgan g'alaba uchun esa terma jamoa azolariga yana 150 ming dollar mukofot pul taqdim etildi. Bu hali hammasi emas. Agarda Tojikiston Iordaniyaga qarshi o'yinda g'alaba qozonadigan bo'lsa, jamoa azolari 200 ming dollar miqdorida mukofot puli olishadi. SHunday qilib, qo'shnilarimiz hozirgacha umumiy hisobda 450 ming dollar mukofot pulini kafolatlab qo'yishgan.

Eslatib o'tamiz, Tojikiston terma jamoasining Iordaniyaga qarshi chorak final uchrashuvi 2 fevral, Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar