So’nggi yangiliklar

07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  1 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0

Tojikiston futzal terma jamoasi sardori: "O'zbekistonlik muxlislar ham bizni qo'llab-quvvatlashadi degan umiddaman" Yangiliklar

Tojikiston futzal terma jamoasi sardori: "O'zbekistonlik muxlislar ham bizni qo'llab-quvvatlashadi degan umiddaman"

Tojikiston futzal terma jamoasi sardori Dilshod Salomov Jahon chempionati startidan avval saytimizga kichik intervyu berdi.

- Tojikiston terma jamoasi Jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko'rdi? Dastlabki raqib Marokash terma jamoasi haqida ham gapirib o'tsangiz.

- Yana bir bor O'zbekistonga tashrif buyurganimdan xursandman. Marokash jamoasi juda kuchli, ammo bizning yigitlar ham uchrashuvga 100% tayyor. Yaxshi o'yin namoyish etib, nasib qilsa g'alaba qozonamiz.

- Guruhdagi raqiblar Panama, Portugaliya va Marokash terma jamoalari haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Kuchli guruhdan joy olganimiz. Portugaliya Jahon chempioni va Evropa chempionati g'olibi. Marokash esa o'z mintaqasida g'olib bo'lgan. Umuman olganda, mundialda kuchsiz jamoalarning o'zi bo'lmaydi. Raqiblarimiz kuchli bo'lishiga qaramay, biz har kimga qarshi o'ynashga tayyormiz.

- Tojikiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi maqsadlari qanday?

- Biz qo'shni mamlakatlarimiz va shu sababli Tojikistonlik muxlislarning soni ham ko'p bo'ladi deb o'ylayman. O'zbekistonlik muxlislar ham bizni qo'llab-quvvatlashadi degan umiddaman. O'z o'yinimiz bilan muxlislarni xursand qilishimiz kerak.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика