So’nggi yangiliklar

21:21"Бундай ҳолатлар Спорт арбитраж судида нормал амалиёт сифатида қабул қилинади" - ЎФА расмий баёнот билан чиқди  0 21:10Суперлига. "Машъал" – "Хоразм" 0:3  0 21:08Суперлига. "Сўғдиёна" "Сурхон"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  5 20:47Отабек Нарзуллаев: "Футболни жон койитиб ўйнамасангиз, ким сизга уч очко беради"  0 20:31Суперлига. 7 та ҳисобланган ва битта инобатга олинмаган гол ҳамда самарасиз пенальти: "Андижон" "Шўртан"ни мағлуб этди  24 20:13Ҳаким Фузайлов: "Кураш ҳали тўхтагани йўқ"  0 19:42Ямал бепул дастхатлар беришни тўхтатади  5 18:55"Хоразм" сафарда "Машъал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 18:48Кипрда "Кармиотисса" президенти отиб кетилди  0 18:25"Вазиятга реал қараш керак, ҳар бир рақибга қарши ўйлаб қўйган режаларимиз бор" — Ислом Исмоилов иштирокидаги матбуот анжумани   9 18:03Нодир Элибоев: "Олдингидек, 1 ёки 2 та ўйинни кутиб яшаётганимиз йўқ. Ҳар бир турда яхши рақобат бор"  0 17:27Манба: Катанец ёрдамчилари ЎФАни судга бермоқчи  34 17:02ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона пастлади  12 16:05Ўзбекистон терма жамоаси афсонаси Қозоғистон жамоасини бошқарадими?  11 15:37"Аҳал" ОЧЛ-2'даги уй учрашувини Эронда ўтказади  5

Tojikiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "Juda qiyin guruhdan joy oldik, ammo vatanimiz shani uchun munosib kurashamiz" Yangiliklar

Tojikiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "Juda qiyin guruhdan joy oldik, ammo vatanimiz shani uchun munosib kurashamiz"

Tojikiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Payrav Vohidov mundial startidan avval saytimizga kichik intervyu berdi.

- Tojikiston terma jamoasining Jahon chempionatiga tayyorgarligi qanday o'tdi?

- Uch bosqichli tayyorgarlik jarayonini o'tkazdik. Dastlab, Toshkentda "Mirabror Usmonov xotira turniri"da ishtirok etdik. Ikkinchi bosqichni esa, Qozog'istonning Astana shahrida o'tkazdik va Qozog'iston terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazdik. So'nggi bosqichda esa, Dushanbeda Niderlandiya va Ispaniyaga qarshi o'ynadik. Jamoa qanday holatda ekanligini 1-turdan keyin bilib olamiz.

- Dastlabki raqib Marokash terma jamoasini o'rganib chiqdingizmi?

- Raqibimiz juda kuchli ekanligini bilamiz. Marokash so'nggi yillarda "fantastik" o'yin namoyish etmoqda. Jamoa 2021 yildan buyon bor-yo'g'i bir marotaba mag'lubiyatga uchradi. Birinchi uchrashuv juda muhim. Biz o'z tariximizda birinchi marotaba Jahon chempionatida ishtirok etyapmiz. Birinchi turda munosib o'yin namoyish etishga harakat qilamiz.

- Guruhdagi qolgan raqiblar haqida gapirib o'tsangiz?

- Juda-juda qiyin guruhdan joy oldik. Panama - Konkakaf g'olibi, Marokash - Afrika chempioni va Portugaliya Jahon chempioni. Bunday guruhda faqatgina kurashish kerak. Vatanimiz shani uchun munosib o'yin ko'rsatishimiz kerak.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Eslatib o'tamiz, Tojikiston terma jamoasi birinchi tur uchrashuvini Marokashga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 16 sentyabr kuni, soat 20:00da "Humo Arena"da o'tkaziladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика