Tojikiston bosh murabbiyi: "Tiklanish uchun juda oz fursat berildi"
28 jan 2023 16:48
Yangiliklar
Tojikiston bosh murabbiyi: "Tiklanish uchun juda oz fursat berildi"
"CAFA Womenʼs Futsal Championship 2023" musobaqasining 2-turidan o'rin olgan Tojikiston (0:16) Eron uchrashuvidan so'ng tojiklar ustozi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Avvalo raqiblarni tabriklayman. Biz Osiyoning eng kuchli futzal jamoasiga qarshi o'ynadik. Bu juda katta maktab. Lekin tashkilotchilik borasida bitta etirozni aytmasak bo'lmaydi. Biz kecha kunning 2-o'yinida maydonga chiqqandik. U soat 19:00da yakunlandi. Bugun 14:00da yana o'ynayapmiz. Orada tiklanish uchun 19 soat berilyapti xolos. O'ylashimcha, bu etarli emas. SHuningdek, bizda liga yo'qligini ham inobatga olishingizni so'rardim. Jamoamizda futbol jamoalaridan kelgan qizlar o'ynashyapti. Bu ham o'yinga o'z tasirini ko'rsatadi", — deydi Mustafo Afshari.
Fikrlar