So’nggi yangiliklar

16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  0 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  1 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  2 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  7 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  8 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  3 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  2 13:45Родриго "Ал Насср"га ўтаётгани ҳақиқатми?  2 13:15Биринчи давра таҳлили: Суперлигада ким энг самарали дарвозабон бўлди?  2 13:11Хвича "Реал"га қарши ўйин олдидан: "ПСЖ уларнинг барча футболчиларини ҳурмат қилиши керак"  3 12:48Энрике клублар ўртасидаги ЖЧ ярим финали олдидан: "Реал"ни таҳлил қилиш қийин – тактик жиҳатдан бу янги жамоа"  8 12:33"Пахтакор" дарвозасига урилган гол тўғри бекор қилиндими? Суперлиганинг 15-турида ҳакамлик муҳокамаси  21

Tohir Kapadze "Qo'qon-1912" menejeri etib tayinlandi Yangiliklar

Tohir Kapadze "Qo'qon-1912" menejeri etib tayinlandi

“Qo'qon-1912” futbol klubining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Qo'qon shahar hokimi, shahar futbol federaciyasi prezidenti A.Abdullaev, “Qo'qon-1912”  futbol klubi vice-prezidenti B.Tolipov va jamoaning barcha murabbiy hamda futbolchilari ishtirok etishdi.

Yig'ilishda Qo'qon shahar hokimi A.Abdullaev so'z olib jumladan shunday dedi: Hurmatli murabbiy va futbolchilar! Men bu erga shahar halqi nomidan gapirish uchun keldim. Qo'qon halqi futbolni sevadigan, o'z jamoasi bilan hamma joyda faxrlanishni istaydigan halq. Sizlar o'z ko'rsatgan o'yinlaring bilan halqimizni kayfiyatini ko'tarishlaring lozim edi. Afsuski amalda buning aksi bo'ldi. “Navbahor” jamoasi bilan bo'lgan o'yindan so'ng jamoa bosh murabbiyi Murodjon Ismoilov matbuot orqali istefo so'radi. Ismoilovga barcha qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirgan holda u kishining istefolarini qabul qildik.

Hurmatli futbolchilar, biz sizlarga ishonamiz. Hali ham barchasini o'z joyiga  qo'yishga imkoniyatlaring bor.Bugundan boshlab jamoani bosh murabbiy sifatida  Sergey Kovshov boshqaradi. Yana bir mutaxasis Tohir Kapadze bugundan boshlab jamoa menedjeri lavozimida faoliyat yuritadi. Jamoaning barcha natijalariga Kapadze javob beradi.

Hozirgi zamonaviy futbolda menedjer atamasi ko'p uchraydi. Masalan, “Qizilqum” jamoasini ham xuddi shunday lavozim mavjud. “Qo'qon-1912” jamoasi ham zamon bilan hamnafas bo'lgan holda shunday lavozimni joriy etdi.



SHahar xokimi futbolchilardan ularga nima xalaqit berayotgani va qanday muammo borligini so'radi. Futbolchilardan G'ayrat Hasanov, Otabek Zokirov, Otabek Haydarov, Navro'z Alimov so'z olib, o'z fikrlarini bayon qildilar.

"Bizda barcha sharoitlar etarli. Muammo yo'q. Faqat bizdan ayrim o'yinlarda omad yuz o'girdi va ruhiy tomondan o'zimizga kelishimiz qiyin bo'ldi  shekilli. Endi bundan buyog'iga bo'ladigan o'yinlarda muxlislarimizni xursand qilamiz" deb vada berishdi futbolchilarimiz.



SHundan so'ng  jamoa bosh murabbiyi Sergey Kovshov hamda Tohir Kapadzega so'z berildi.

- Sizlarni nomingizdan qolgan birinchi davraning 7ta o'yini va O'zbekiston kubogi doirasidagi o'yinlarda biz o'z shijoatimizni, g'ayratimizni, sportchiga xos bo'lgan maydondagi kurashchanligimizni ko'rsatamiz deb  hurmatli hokimimizga vada beraman. Men asli qo'qonlikman, Qo'qon halqining qanday futbolni sevishini yaxshi bilaman. Bugundan boshlab qattiq intizom asosida mashg'ulotlarga zo'r beramiz. Xalqimizga nimaga qodir ekanligigingizni ko'rsatishingiz shart, -  dedi Tohir Kapadze.



Sergey Kovshov ham o'z so'zida barcha futbolchilarni bir tanu, bir jon bo'lib birlashishga, hamma bir musht kabi jips bo'lgan holda qolgan uchrashuvlarda yo'qotilgan ochkolar o'rnini to'ldirish uchun harakat qilishga chaqirdi. Kim agar Qo'qonda yil so'ngiga qadar qolishni istasa marhamat o'zini ko'rsatsin, - dedi Sergey Kovshov.

Yig'ilish so'nggida klub vice-prezidenti, bosh direktor Baxtiyor Tolipov so'z olib jumladan shunday dedi: Barchangiz yuqoridagi gaplardan to'g'ri xulosa chiqarasiz degan umiddaman. Biz jamoa rahbariyati nomidan bugungacha jamoani boshqargan Murod Ismoilovga kelgusi foaliyatida omad, o'zlariga sog'lik tilaymiz. Bundan buyog'iga esa Sergey Kovshovdan, Tohir Kapadzedan va siz futbolchilardan o'z ishlaringni sidqidildan bajarishingizni so'raymiz. Namangandagi mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlashingiz shart. Sizlar chiroyli o'yin va natijani ko'rsatib beringlar, biz sizlarga qo'limizdan kelgan barcha sharoitni yaratib beramiz.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика