Tohir Kapadze: “Neftchi”ni oldingi qaddini tiklash uchun bor kuchni ishga solamiz”
02 may 2014 09:20
Yangiliklar
Tohir Kapadze: “Neftchi”ni oldingi qaddini tiklash uchun bor kuchni ishga solamiz”
Ishqibozlarga yaxshi malumki, yaqinda “Neftchi” klubi raisi lavozimida Tohir Kapadze ish boshladi.
Yangi rahbardan jamoadagi o'zgarishlar va kelgusi rejalar haqida intervyu oldik.
Klubda ish boshlagani haqida
- Avvalo shuni aytishim kerakki, “Neftchi” klubi raisi sifatida ish boshlashim kutilmaganda yuz berdi. SHaxsan viloyat hokimi SHuhrat G'anievning topshirig'iga asosan Farg'onaning bosh jamoasiga ishga o'tdim. O'z navbatida menga ishonch bildirgan rahbariyatga minnatdorchilik bildirib qolaman. “Neftchi” futbol klubi mamlakatimizda o'z tarixiga va o'rniga ega jamoadir. Bunday klubda ishlash har bir inson uchun faxr hisoblanadi. Farg'ona futbolini juda yaxshi bilaman. Afsuski oxirgi yillarda natijalar salbiy ko'rinish olmoqda. Endilikda biz “Neftchi”ni avvalgi qaddini tiklashimiz kerak. Buning uchun bor kuchni ishga solamiz.
Jamoani tark etganlar xususida
- Klubdagi dastlabki ishni bir qator o'zgarishlar bilan boshladik. Xususan bungacha jamoada texnik-direktor lavozimida ishlab kelgan Hikmatjon Nasritdinov, murabbiylar SHamil Iseev, Eldor Sakaev hamda Diyor Mirzaboev bilan do'stona xayrlashib, ularning klubdagi qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirik.
Yangi taklif etilganlar to'g'risida
- Yo'qotishlar o'rnini esa quyidagilar bilan to'ldirdik. Endilikda murabbiylar shtabida Aleksey Evstafeev, Sergey Kovshov hamda Vyacheslav Tomilin bilan bir qatorda Sergey Lebedev, SHerzod Raimjonov va Bahrom Haydarov ham faoliyat yuritadigan bo'ldi. Ko'pchilik yoshlar jamoamiz murabbiyi Kovshovni ham ishdan ketgani haqida aytmoqda. Lekin Sergey Gennadevichning faoliyati bizni qoniqtirmoqda. Yoshlar jamoasi qayd etayotgan natija chakki bo'lmayotgani ham so'zimga isbot bo'la oladi. SHunday ekan qanday qilib u bilan xayrlashishimiz kerak?! Evstafeevga keladigan bo'lsak, tajribali murabbiy. Yoshlar bilan ham qanday ishlashni juda yaxshi biladi. SHu bois Aleksey Vladimirovich bilan ham hamkorlikni davom ettirishga qaror qildik. Darvozabonlar murabbiyi Tomilin haqida haam ijobiy fikrdaman. Endilikda ular bilan elkama-elka turib o'zimizning mahalliy murabbiylar – Lebedev, Raimjonov va Haydarov ishlaydigan bo'ldi. Bu o'zgarishlar kelakajni o'ylab qilingan ishlardir. Ularning har uchchalasi ham o'z vaqtida “Neftchi” uchun ko'p yillar davomida o'ynaganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak. SHu bois ularni murabbiy sifatida ham tayyorlab, bu borada o'sishlari uchun yordam beramiz. Umid qilamanki yosh murabbiylarning jamoaga katta foydasi tegadi.
- Klub texnik-direktori lavozimiga Sulton Zaylobidinovni olishga qaror qildik. Ilgari hakamlik sohasida mehnat qilgan mutaxassisning biz uchun nafi tegadi degan umiddaman.
- Bundan tashqari matbuot kotibini ham o'zgartirdik. SHu kungacha ushbu bo'limda faoliyat yuritib kelgan Abror Dehqonov bilan do'stona munosabatda xayrlashishga qaror qildik. Uning o'rniga Islombek Rustambekovni oldik.
- Bu qilingan o'zgarishlar nasib qilsa albatta o'z mevasini beradi. Muxlislarimizni ham juda yaxshi tushunib turibman. Ular g'alabali o'yinlarni sog'inib qolishgan. “Neftchi”ni yuqori o'rinlarda ko'rishni istaydi. Ishni endigina boshladik. Omadsizlikdan chiqib ketish uchun qo'ldan kelgan barchasini qilmoqdamiz. Ashaddiy ishqibozlarimizni sabrli bo'lishlarini so'rab qolardim. Turnir jadvalida pastki o'rinlarni tark etish uchun ozgina vaqt kerak bo'ladi.
Murod Ismoilov haqida
Bosh murabbiy Murod Ismoilovni qanday imkoniyatga ega ekanligini juda yaxshi bilaman. CHunki u mening shogirdim. Ilgari futbolchilik davrida bir necha yillar davomida qo'l ostimda o'ynagan. Murabbiy sifatida ham kelajagi bor mutaxassis deb bilaman. Hali yanada o'sishga erishadi. Men shunday bo'lishiga ishonaman. Ismoilovga kerakli sharoitlarni yaratib, imkoniyat berishda davom etamiz.
Saidov, Yoqubov, Hakimov va Po'latovning ortga qaytarishi to'g'risida
- Sir emaski, Farg'onadan shu kungacha ko'plab istedodli o'yinchilar etishib chiqmoqda. Istardimki “Neftchi” jamoamiz tarkibida mahalliy o'yinchilarimizni bo'lishini. Bu bilan boshqa viloyatlik o'yinchilarni yoki legionerlarni olmaslik kerak demoqchi emasman. Futbolda kim kuchli bo'lsa, o'sha o'ynasin avvalo. Lekin bu yil qishki transfer siyosati noto'g'ri olib borilganini ko'rib turibmiz. O'yinchilarni jalb etishda xatolarga yo'l qo'yilgan. Hozirgi kunda tarkibga yangi futbolchilarni qo'shib ololmaymiz. O'zgarishlar birinchi davradan so'ng yuz beradi. Ungacha ixtiyorimizdagi yigitlarga imkoniyat berib, yana bir bor sinovdan o'tkazib olamiz. Niyatim shuki, davralar oralig'ida o'zga klublarda faoliyat yuritayotgan mahalliy o'yinchilarni “Neftchi”ga qaytarishdir! Jumladan Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov, SHerzod Hakimov va SHukur Po'latov. Bu o'yinchilarni juda yaxshi bilaman. Agarda ular “Neftchi”ga qaytib jamoaga yordam berishni istasa ikkinchi davrada tarkibga qo'shib olishimiz mumkin. Undan tashqari yana bir nechta o'yinchilar hisobiga tarkibni kuchaytiramiz.
Legionerlarning keyingi taqdiri xususida
- Bosh murabbiy bilan maslahatlashib serbiyalik yarim himoyachi Igor Petkovich bilan amaldagi shartnomani o'zaro kelishgan xolda bekor qilishni rejalashtirib turibmiz. Boshqa xorijlik o'yinchilarni taqdiri haqida shuni aytishim mumkinki, Devid Oniya yaqinda “Futbol-MED”da tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agarda barchasi muvaffaqiyatli kechib, uning o'ynashiga ruhsat berilsa ikkinchi davradan jamoaga yordam berishni boshlaydi. Gruziyalik Levani Gvazavaning tajribasi katta ekanligi ko'rinib turibdi. Faqat unga jarohatlar o'zini ko'rsatishiga halaqit bermoqda. Gvazavadan umidimiz katta. Aleksandru Onika haqida ham ijobiy fikrdaman.
“Qo'qon-1912”dagi ishi haqida
- “Qo'qon-1912”ni bu yil o'zim mavsumga tayyorladim. Rahbariyat tomonidan oldimizga jamoani kuchlilar safiga olib chiqish vazifasi qo'yilgan. Bu yo'lda barchamiz bir tanu, bir jon bo'lib mehnat qilmoqdamiz. Garchi asosiy faoliyatim “Neftchi”da kechsada, “Qo'qon-1912”ga ham befarq emasman. Bu jamoaga har qanday xolatda qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman. Klubimiz mutasaddilari bilan maslahatlashgan xolda, Qo'qon futboli tarbiyalanuvchisi Rustam Abdullaevni bosh murabbiy etib tayinladik. Butun qo'qonliklar jamoani bu yil elitaga chiqishini xohlayotganini juda yaxshi tushunib turibman. Nasib qilsa hammasi ko'ngildagidek kechadi.

Fikrlar