So’nggi yangiliklar

18:11Англия Суперкубоги баҳси учун таркиблар эълон қилинди  0 17:31"Барселона" Олимпиаданинг энг яхши футболчиси нархини 1 млрд. еврога ошириб қўймоқчи  2 16:30Гвардиол Манчестер об-ҳавоси ва "Сити"да унга отасидек бўлиб қолган инсон ҳақида гапирди  1 16:25"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Сайдуллаев Лазизбек  0 16:20Максим Шацких ва ниҳоят "Насаф"ни мағлуб эта оладими? "Насаф" - "Пахтакор" тўқнашувига превью  9 16:06Дуранг қайд этилган Тошкент дербисидан ГАЛЕРЕЯ  1 15:51Хейлунд юзидаги хуснбузарлардан қутилиш учун лазер терапия курсидан ўтди  3 15:29Нико трансфери қачон ҳал бўлади?  3 14:10Тен Хаг: "Мавсум стартида МЮ очколар йўқотиши мумкин"  5 13:44Тен Хаг Рэшфорд ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  2 13:26"Манчестер Сити"га "Бавария" футболчиси керак  1 12:59Гвардиола "Ман Сити"да қайси чизиқни кучайтириш кераклигини айтди  5 12:39"Ювентус" 15 млн. еврога Шуталони сотиб олиши мумкин  1 11:01Уэйн Руни Англия терма жамоаси бош мураббийи ким бўлиши кераклигини айтди  5 10:41ESPN АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши футболчиларини аниқлади. Холанд 2-ўринда, Палмер эса 14  2

Tohir Kapadze: "Neftchi" vodiyning eng kuchli jamoasi" Yangiliklar

Tohir Kapadze: "Neftchi" vodiyning eng kuchli jamoasi"

Tez kunda "Neftchi" uchun joriy yildagi muhim turnirlardan biri Farg'ona viloyati "Hokim kubogi-2016" futbol musobaqasi start oladi.

Aytish kerakki, bu galgi turnir avvalgilardan tubdan farq qilishi aniq. Boisi, "Hokim kubogi-2016"da "Neftchi" jamoasidan tashqari yana bir qator Oliy liganing kuchli jamoalari xususan Navoiyning "Qizilqum" Qo'qonning "Qo'qon-1912" va "Andijon" klublari ishtirok etadi. Ko'rinib turibdiki, bu galgi bellashuvlarda amaldagi chempion "Neftchi" mazkur maqomni himoya qilish uchun jiddiy kurashishi kerak bo'ladi.

Kuni kecha Farg'ona viloyati futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti, turnir tashkilotchisi Tohir Kapadze “Ruxsor” FM radiosiga intervyu berdi. Tabiiyki, suhbat mavzusi “Hokim kubogi-2016” turniriga bag'ishlandi. Radio efirda bo'lib o'tgan suhbatni rasmiy saytimiz orqali ham xukmingizga xavola etamiz.

- Ayni paytda barcha klublar yangi mavsumga qizg'in tarzda tayyorlanishmoqda, - deb gap boshladi Kapadze.  Mana yana bir qiziqarli turnir arafasida turibmiz. Ananaviy Farg'ona viloyati “Hokim kubogi” mana 21-marta o'tkazilmoqda. Ochig'i, so'nggi yillarda turnirning saviyasi tushib ketgandi. Yaxshi eslayman, bu turnir juda yuqori saviyada o'tar edi. Oliy liga jamoalari o'zlarining asosiy tarkibi bilan musobaqada ishtirok etishardi. Ammo keyinchalik jamoalar  “Hokim kubogi”ga faqatgina o'rinbosarlar tarkibini yuboradigan bo'lishdi. Turnirning shiddati yo'qolgandi. Ammo bu yil musobaqa tashkilotchilari birinchi o'rinda “Hokim kubogi”ni yuqori saviyada o'tkazishga bel bog'laganmiz. Buning uchun nima qilish kerak ? Birinchi galda uchrashuvlarni sifatli maydonlar o'tkazishimiz, mehmon jamoalarga yaxshi sharoitlar yaratib berishimiz lozim. Eng asosiysi bu yilgi turnirda jamoalar o'zlarining asosiy tarkibi bilan ishtirok etishadi.  “Andijon”, “Neftchi” va “Qo'qon-1912” jamoalari asosiy va ikkinchi tarkibi bilan “Hokim kubogi”da qatnashadi.

- Nima uchun “Navbahor” jamoasi musobaqada ishtirok etmaydi?
- Namanganliklar fevral oyi boshida tibbiy ko'rikdan o'tishni reja qilishgan ekan. SHu sababli ularga musobaqa taqvimi to'g'ri kelmadi. Bilishimcha, endi “Navbahor” PFL kubogida ishtirok  etadi. Joriy yildagi “Hokim kubogi”da 12 ta jamoa ishtirok etishini aytib o'tish joiz. Maqsadimiz yildan-yilga “Hokim kubogi” turniri saviyasini oshirib borishdir. SHuningdek, keyingi yillarda Oliy liga grandlari va  xorij klublarini  ham Farg'onaga taklif qilishni o'ylab turibmiz.

- Uzoq yillardan buyon “Hokim kubogi”da asosan “Neftchi” zafar quchadi. Fyodorov shogirdlari bu safar muvaffaqiyatga erishishlari oson bo'lmasa kerak?
- To'g'ri  xar yili “Neftchi” chempion bo'lishiga hamma ko'nikib qolgan va bu yil ham shunday tahminlar bo'lyapti. Bu tabiiy. CHunki “Neftchi” Vodiyning eng kuchli klubi hisoblanadi. Lekin bu futbol. Oldindan bir narsa deyish qiyin. Ko'ramiz, agar kim kuchli bo'lsa o'sha chempion bo'ladi.

- “Hokim kubogi-2016” ishtirokchilar ichida yangi nomlar ko'ryapmiz. Xususan “Qizilqum” jamoasi...
- Navoiyliklar o'tgan mavsum Farg'onaga kelishganda bu haqda kelishib qo'ygandik.  “Qizilqum” PFK rahbariga Farg'onadagi sharoitlarni ko'rsatib,  kelasi yildagi turnirga taklif qilgandim. Ular ayni paytda Farg'onada tayyorgarlik olib borishmoqda. Imkon darajasida, barcha sharoitlarni yaratib berganmiz.

-  Nega bironta ham o'yin “Istiqlol” stadioniga belgilanmagan?  
- Ochig'i, xozir qish fasli bo'lgani uchun “Istiqlol” stadionining chimini extiyot qilinmoqda. SHuning uchun o'yinlarning mezbonligini bu stadionga berilmadi. Ammo musobaqa tashkilotchilari “Hokim kubogi” final o'yinini “Istiqlol”da o'tkazishni reja qilganmiz. Buning uchun birinchi galda o'sha kuni ob-havo sharoiti yaxshi bo'lib turishi kerak. Vaziyatga qaraymiz. Imkon qadar finalni Farg'onadagi zamonaviy stadionda o'tkazishga harakat qilamiz.

- Malumot bersangiz, turnir oldidan ochilishi marosimi bo'ladimi?
- Yo'q. Ochilish marosimi bo'lmaydi. CHunki jamoalar turnirga xar xil vaqtda etib kelishadi.

- Savollarimiz mana shulardan iborat edi. Suhbat uchun rahmat.
- Salomat bo'ling. Men yana bir narsani takidlab o'tmoqchiman. Nasib qilsa, bu yil turnir boshqacha o'tadi va muxlislarga manzur bo'ladi deb umid qilaman. SHu o'rinda barcha futbol muxlislarini turnirga taklif qilib qolaman, - deb fikrlarini yakunlandi Farg'ona viloyati futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti  Tohir Kapadze.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика