Tohir Kapadze muxlislar savollariga javob berdi
28 avg 2014 15:59
Yangiliklar

Tohir Kapadze muxlislar savollariga javob berdi
25 avgust, dushanba kuni “Kirguli SK” stadionida klub rahbariyati va muxlislar o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda “Neftchi” klubi raisi Tohir Kapadzega ishqibozlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi.
Quyida mazkur suhbatdan bahramand bo'lishingiz mumkin.
- Tohir aka, yangi stadionga qachon o'tiladi?
- Ushbu masala yuzasidan rahbarlar bilan suhbatlashdik. Hozirda stadionda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Stadion direktori Ilhom Aka Sobitov bilan ikkinchi davraning taqvimini ko'rib chiqdik. Katta extimol bilan, nasib qilsa 25 oktyabr kuni “Istiqlol” stadionida o'ynashimiz mumkin. SHu kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qilamiz. Agarda mutasaddilar ushbu taklifimizni qo'llab-quvvatlab, stadionimiz tayyor xolatga keltrilisa, istradikki yangi stadionda bayram bo'lishni. Bu borada o'yinga yaqin vaqt qolganida albatta rasmiy saytimiz orqali xabar beramiz.
- “Navbahor” bilan o'yin nima uchun Qo'qonda o'tkazildi? Yana qachongacha u erga borishimiz mumkin?
- Bu o'yin derbi maqomini olgani sababli uchrashuvga bo'lgan qiziqish yuqori edi. Namangandan ham ashaddiy ishqibozlar jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun kelishlari aniq edi. SHu sababli viloyatimiz mutasaddilari mazkur bahsni Qo'qonda o'tkazishni aytdi. Kutilganidek, Qo'qondagi “Markaziy” stadionga qo'shni viloyatdan minglab muxlislar tashrif buyurdi. SHunda rahbarlar to'g'ri qaror chiqarishganini tushunib etdik. Asosiysi shu kuni g'alaba qozonib, ishqibozlarimizga xursandchilik ulashdik. Endi qolgan o'yinlarni Farg'onada o'tkazamiz.
- “Andijon”ni ikkinchi davrada qabul qilamiz. Ushbu derbi qaerda o'tadi?
- Bu jamoa bilan o'yinimiz taqvimga ko'ra, chempionatning so'nggi turida bo'ladi. Umid qilamizki, unga qadar yangi stadonimizga ko'chib o'tamiz.
- Davralar oralig'ida jamoani tark etgan o'yinchilar haqida nima deysiz? Levan Gvazava, Jahongir Jiyamurodov...
- Gvazaning texnikasi o'ta yuqori. Uning tajribasi katta ekanligiga shubha yo'q. Lekin uni muxlislar bilmagan bitta muammosi bor edi. Yani Levanni jarohatlar ko'p bezovta qildi. Buning natijasida ko'pincha mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keldi. Uchrashuvlarda ham to'liq kuch bilan o'ynay olmadi. Olayotgan maoshi esa, katta summani tashkil etardi. Barchasini o'ylab ko'rgan xolda, murabbiylar shtabi bilan maslahatlashib, u bilan do'stona xayrlashishga qaror qildik. Jahongir Jiyamurodovga keladigan bo'lsak, bu o'yinchini ham yomon deya olmayman. Insoniylik jihatdan ham Jahongir juda yaxshi yigit. Ammo uni ko'klarga ko'tarish ham kerak emas. Uning birinchi davrada qayd etgan ko'rsatkichiga etibor qaratish lozim. Yil boshida u bilan shartnoma qilinayotganda, ko'tarma pulini katta belgilangan. Birinchi davra o'yinlari tugagach, Jiyamurodov bilan suhbatlashganimizda, u ushbu pullarni berishini so'radi. SHunda unga aytdimki, agarda jamoa o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajarsa, aytilgan pullarni beramiz. Lekin u o'sha vaqtda ko'tarma puli berilmasa, boshqa jamoaga ketishini aytdi. Bizda esa unga beradigan mablag' bo'lmadi va u bilan ham xayrlashdik. O'ylaymanki, ikkinchi davra arafasida ularning o'rniga olingan futbolchilarimiz ham yomon emas.
- G'ayra Hasanov masalasi nima bo'ldi?
- G'ayratni yoshligadan yaxshi bilaman. Adashmasam uni 18 yoshida “Cementchi”ga olib ketib, Andrey Baklanov ikkalasini birga o'ynatgandim. Yodinglarda bo'lsa, Hasanov “Mashal”ga qarshi bahsda Mirjalol Qosimovning 11 metrdan yo'llagan zarbasini ham qaytarishga erishgandi. Uning futbolchilik jihatdan yaxshi ekanligi barchamizga malum. “Neftchi”da ish boshlagan paytimda G'ayratni jamoa sardori etib tayinladik. Unda yigitlarni oldinga chorlash xususiyati mujassam. Juda qiziqqon. Bilasizmi, darvozabonlar o'yin chog'ida ko'p asabiylashadi. Hasanov ham ruhiy tomondan ko'p bor asabiylashib, oxirgi paytlarda o'zini biroz boshqacha tutdi. SHunda unga biroz dam berib, o'zini tiklab olishi uchun ruhsat berdik. Yaqinda Hasanov qarorgohimizga keldi. Quchoq ochib, iliq munosabatda suhbatlashdik. G'ayrat o'ziga Erondan taklif bo'la yotganini, buning uchun ruhsat berishimizni so'radi. Barcha hisob-kitoblarni yakunlab, darvozabonimizga oq yo'l tiladik. Ilohm Hasanovni xorijda omadi chopib, o'zini ko'rsatsin. Vaqti kelib, agarda ishtiyoqi bo'lsa uni yana “Neftchi”ga qaytaramiz.
- Aleksandru Onikaga o'ziga bo'lgan ishonch etishmayapti?
- Onikani insoniylik va futbolchilik tomondan boshqalarga namuna bo'ladigan o'yinchi deyishim mumkin. Ko'rayotgan bo'lsanglar, Aleksandru doim mashg'ulotlarda astoydil ishlaydi. Biroq unga nimadir etishmayotgan bo'lishi mumkin. To'g'ri, bugungi kunda Onikani mahalliy futbolchilardan ustun deya olmayman.
- Penalti tepishda jamoamiz ko'p xatoga yo'l qo'ymoqda. Agarda imkoni bo'lsa, futbolchilarning birortasini tanlab, shtatniy penaltichi qilib qo'yilsa?
- Ha, to'g'ri. O'zinglar ham ko'rdinglar bu borada bir qator o'yinchilarga imkon berdik. Penalti bu – lotoreya. Qanday kuchli o'yinchi bo'lmasin, penalti tepishga ishonchi bo'lmasa, o'sha futbolchi ham aniq amalga oshira olmaydi. SHuning uchun 11 metrlikni tepish borasida kimda ishonch yuqori bo'lsa, o'sha o'yinchi tepgan maqul. Murabbiylar buning ustida ishlashmoqda.
- Boshqa jamoalardan ijaraga olingan futbolchilarning taqdiri qanday kechadi? Ijarga o'yinchi olib kelib o'ynatish qachongacha davom etadi? Balki chek qo'yish vaqt kelgandir.
- Ikkinchi davrada tarkibimizga kelib qo'shilgan o'yinchilar haqida aytadigan bo'lsam, Sardor Mirzaevni “Lokomotiv” bilan amalda shartnomasi bor. Bu o'yinchini jamoasi qo'yib yuborishni istamadi va mavsum oxiriga qadar ijaraga berdi. Yil yakunida bu uni to'liq o'zimizga qaytarish uchun muzokara o'tkazamiz. Sardor Rahmonovni olayotganimizda, uni mavsum so'nggiga qadar sinab ko'rishimizni aytgandim. CHunki uning jamoaga moslashib ketishi qanday kechishini hech kim bilmasdi. Ko'rib turganingizdek, istedodli himoyachi qisqa fursat ichida etakchilar qatoridan o'rin oldi. Uni ham to'liq sotib olish borasida “Lokomotiv” klubi bilan muzokara o'tkazamiz. Bundan tashqari yoshlar jamoamizdan ham bir qator iqtidorli o'yinchilar bo'y ko'rsatmoqda. Ularni ham kelgusi yildan tarkibga jalb etamiz. Bejizga yoshlar ligasida, “Neftchi” peshqadamlik qilayotgani yo'q.
- Yoshlar jamoasidan etishib chiqqan yigitlarning ko'pchiligi keyinchalik poytaxt klubiga o'tib ketadi. Buni oldini olish uchun ishlar olib boriladimi?
- Albatta. Endi yoshlarimizni o'zga klublarga yo'l olishiga yo'l qo'ymaymiz va imkon qadar ular bilan qoniqarli shartnoma tuzib, o'zimizda o'ynatamiz. Etibor berayotgan bo'lsanglar, bir qator yoshlarimiz turli yoshdagi terma jamoalarimizga taklif etilmoqda. Yaqinda ularning oylik maoshlarini 5 barobarga oshirib, munosib ravishda taqdirladik.
- Iqbol Akramov “Olmaliq”dan ketgach, hech bir jamoada ko'rinmayapti. Uni qaytarsa bo'ladimi?
- Hozirga kelib, futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish muddati yakunlangan. Iqbol Akramovni yomon o'yinchi yoki inson sifatida uni salbiy demoqchimasman. Lekin hamma sobiq o'yinchilarni qaytaradigan bo'lsak, bizni nimamiz o'zgaradi.
- Yoshi o'tib borayotgan Andrey Akopyancning o'yini avvalgidek chiqmayapti. Balki uning o'rnida boshqa bir yosh o'yinchini sinab ko'rsa bo'lmaydimi?
- Avvalo, Andrey bilan qanday kelishuvga erishganimizni aytib o'tsam. U bilan ham mavsum so'nggiga qadar shartnoma tuzganmiz. Akonpyancning mahoratiga shubha yo'q. O'z vaqtida Rossiya chempionatida o'ynagan futbolchining aynan boy tajribasi o'sib kelayotgan yoshlarimizga asqotadi. SHuni inobatga olib, Andreyni o'z safimizga qo'shib oldik. To'g'ri, futbolchi hozircha jamoa o'yiniga to'liq kirishib keta olmayapti. Lekin ozgina imkon berib, kutamiz.
- Devid Oniya ham “Neftchi”da o'ynay olmadigan bo'ldi. Undan umidimiz katta edi?
- Nigeriyalik futbolchi bilan himoya chizig'imizni kuchaytirishni rejalashtirgandik. SHuning uchun Oniyani davralar oralig'iga qadar safimizda ushlab turdik. Afsuski Devid yana tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'ta olmadi. Endilikda u faoliyatini xorijda davom ettiradi.
- Tohir aka, “Kirguli SK”da bo'ladigan o'yinlarga kirish uchun ko'pincha chipta olishda muammolarga duch kelamiz. Ayniqsa Marg'ilon va boshqa tumanlardan keladigan ishqibozlar uchun noqulayliklar bo'lmoqda. Kassa do'qonini ko'paytirishni imkoni bormi?
- Ha, “Nasaf” bilan o'yingacha bu muammoni hal etishga harakat qilamiz. Oldin 2ta do'kon bo'lsa, endilikda chiptalar sotuvini 4ta joy qilamiz.
- Muxlislar ichidan “Neftchi”da o'ynab keta oladigan o'yinchilar bor. Ularni sinab ko'rishga nima deysiz?
- Qarshimasman. Agarda iloji bo'lsa, shunday iqtidorli yigitlardan iborat jamoa tuzinglar. Yoshlar jamoamiz bilan sinov-nazorat o'yinini tashkil etamiz. SHunda murabbiylar shtabi siz aytgan iqtidorlilarni kuzatadi. Lekin chetdan kelgan o'yinchini ham to'g'ridan-to'g'ri olinmaydi. Buni o'ziga yarasha imtihoni bo'ladi.
- Yangi stadionga ko'chib o'tilsa, muxlislar klubiga yordam qilinadimi? Misol uchun klub muxlislarni safar o'yinlariga borib kelishi uchun transport qilib bera oladimi?
- Albatta. Hozirdan muxlislar klubini tashkil etmoq kerak nazarimda. Bitta yoshi kattaroq ashaddiy ishqibozimizni tanlab, unga yosh, serg'ayrat muxlislarni yordamchi qilish kerak. Keyin buni muntazam ravishda yuritib borish lozim. Demoqchimanki, o'yin kunlarigina ko'rinish bermasdan, kerak bo'lsa, har kuni ishqibozlar klubini rivojlantirish va qolgan muxlislarga namuna bo'lishi joiz. Safar o'yinlariga ham transport qilib beramiz. Lekin unda hamma tekinga borib kelavermaydi. O'zini odob va ahloqi bilan ko'rsata olgan muxlislargina borib kelishi mumkin. Nasib qilsa keyingi yil 12-raqamni muxlislarga beramiz. Yangi mavsumdan ishqibozlar klubi uchun futbolka, sharf, bayroq va turli xil atributkalar joriy etiladi. Sentyabrga qadar ishqibozlar klubini tashkil etish masalasini maslahatlashib ko'ringlar. Muxlislarimizni qadrlaymiz. Yaqinda Qo'qondagi o'yinimizga farg'onalik futbolning ashaddiy ishqibozi Omonbulbul borgani bizni to'lqinlantirib yubordi. Yoshi o'tib borayotgan bo'lishiga qaramay, “Neftchi”ni qo'llab-quvvatlab turgani Qo'qonga borgani bizni xursand qilmasdan qolmadi. Nasib qilsa 27 avgust “Nasaf” bilan o'yinda ushbu faxriy ishqibozimizga sovg'amizni topshiramiz.
- Bugungi kunga kelib, oliy liganing deyarli barcha klublarida o'z laqablari bor. “Andijon”ni “burgutlar” deyilsa, “Paxtakor”ga nisbatan “sherlar” ishlatilmoqda. “Neftchi”ga ham biror-bir laqab beraylik.
- Ha, yaxshi fikr. Buni ham o'ylab ko'rish kerak. Oxirgi paytlarda “Buyuk chinorlar” deb aytalayotgandi.
- Murod Bobojonovning kelgusi taqdiri qanday kechadi?
- “Xorazm” bilan bu futbolchi borasida o'zaro kelishuvga erishdik. Iqtidorli o'yinchini yana biroz kuzatamiz. Bobojonov hozir o'sish yoshida. O'yini gohida kuchayib, bazida pasayadi. SHuning uchun uni biroz kuzatamiz. O'zini ko'rsata olsa, yanga shartnoma taklif etamiz.
- Mavsum boshida olingan Jahongir Mehmonov va Ro'zimboy Ahmedov biz muxlislarda iliq taassurot qoldirmoqda. SHunday qilish kerakki, ularni keyingi yil uchun shartnoma tuzib, jamoada olib qolinsa. CHunki har yili tarkib o'zgaraverishi ham natijaga erishishga tasir o'tkazmoqda.
- Fikringizga qo'shilaman. Siz aytib o'tgan Mehmonov ham Ahmedov ham biz uchun kerakli futbolchilardir. Ular bilan shartnomada ko'rsatilganidek hisob-kitob ishlarini qilib bormoqdamiz. Mening falsafam shundayki, o'ynab, mehnat qilayotgan futbolchi rag'batsiz qolib ketmaydi. Qarashlarimizga maqul kelgan yigitlar bilan mavsum so'nggiga qadar shartnomani uzaytiramiz. Lekin bu birgina bizga bog'liq masala emas. Ko'pincha futbolchilar ko'tarma puliga kelganda, katta summani so'raydi.
- Bu yil “Neftchi”ni vodiyda birinchi bo'lishini istardik?
- Albatta, men ham shuni hohlayman. CHempionatni imkon qadar yuqori o'rinda tugatishga harakat qilamiz. O'tgan yili jamoa 9-o'rinni egallagandi. Bu yil nasib qilsa undan yuqori bo'ladi. Buning uchun bor kuchni ishga solamiz. Jamoaga kelgan paytimda egallab turgan o'rni 12 edi. Ko'rib turganingizdek, vaziyat ijobiy tomonga o'zgarmoqda. Yaqinda internet saytlarida qoldiriladigan fikrlarda bitta muxlis jamoaning birinchi ligaga tushib ketishi mumkin degan manoda fikr qoldirgan. Hayronman, bunday fikrlar kimdan chiqmoqda. O'zingiz o'ylab ko'ring. “Neftchi”dek o'z tarixiga ega bo'lgan klubning birinchi ligaga tushib ketadimi. Bunga aslo yo'l qo'ymaymiz. Bizning o'rnimiz oliy ligada. SHuni unutmaslik kerak.
- Keyingi mavsum ham jamoani shakllantirish bilan o'tmaydimi?
- Futbol sohasida 35 yildan buyon mehnat qilib kelmoqdaman. “Neftchi”da ish boshlagan paytimda murabbiylar shtabida o'zgarishlar qilindi. Yosh murabbiylarimiz ko'p. Fyodorov, Lebedev, Haydarov, Raimjonov... SHularga imkon bermoqdamiz. Ular bu yil tajriba oshirsin deb barchasini o'zlariga qo'yib berganman. Keyingi yil jiddiy ishlanadi. Kamida 5-6-o'rin uchun kurashamiz. Yana bir narsa, yaqinda internetda “Neftchi” bosh murabbiyi Murod Ismoilov haqida salbiy fikrlar o'qidim. Emishki, Ismoilov jamoada qo'g'irchoq va shunga o'xshash turli bo'xtonlar aytilgan. Bu bo'lmagan gap. Sog'lom odam bunday fikrga bormaydi. Tarkibni tanlash va kimni o'ynatishni Murodjonning o'zi hal qiladi. Men yoki boshqa birov uning ishiga aralashmaydi. Iltimos sizlardan bunday haqoratli so'zlarni ishlatishdan oldin o'ylab ko'ringlar

Fikrlar