TIQ Kuchukka 30 ming rubl jarima soldi
18 okt 2017 18:21
Yangiliklar
TIQ Kuchukka 30 ming rubl jarima soldi
"Rostov" hamda "Amkar" bosh murabbiylari Leonid Kuchuk va Gadji Gadjievlar Rossiya chempionatining 13-turidagi ishlari uchun 30 ming rubldan jarima to'lashadi.
Bu haqta Rossiya futbol ittifoqi (RFI) tartib-intizom qo'mitasi (TIQ) rahbari Artur Grigoryanc malum qildi.
"Rostov" - "Rubin" uchrashuvida "Rostov" bosh murabbiyi Leonid Kuchuk bir necha marotaba texnik zonani tark etdi va shu sababli 30 ming rubl jarima elon qilindi. "Rosto" muxlislari haqoratomus baqiriqlari uchun klub 30 ming rubl to'laydi.
"Amkar" - "Tosno" bahsida "Amkar" ustozi Gadji Gadjiev ham texnik zonani ko'p tark etdi, unga ham 30 ming rubl jarima elon qilinadi" - deydi Grigoryanc.
Fikrlar