So’nggi yangiliklar

09:05Легионерларимиз. Шерзод Темиров Ироқ чемпионатидаги 13-голини урди, жамоаси ғалаба қозонди  0 08:35Футзал. Осиё Кубогида сенсация: Индонезия Японияни енгиб, финалга йўл олди  5 08:09"Металлург" - "Локомотив" U-21 учрашуви манзили ўзгарди  1 07:43Сияваш Ҳақназарий ОКМКга қайтди  1 03:04Испания Кубоги. 5:0 ва "Атлетико" ярим финалда!  9 02:55Бергамода йирик ҳисобда ютқазган "Ювентус" Италия Кубогини тарк этди  5 01:02Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди  25 00:33Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол"дан йирик ғалаба, Бенземадан дебютдаёқ хет-трик!  25 00:14"Барселона" ёзда яна бир дарвозабонидан воз кечмоқчи  9 23:52Родриго икки ўйинга четлатилди  1 23:35"Нефтчи" "Истиқлол" стадионини трансляция учун интеграциялашган кабеллаштириш юзасидан биринчилардан бўлиб шартнома имзолади  4 23:19Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши баҳсни ҳам ўтказиб юборади  31 22:57Азар фаолиятидаги энг яхши мураббийини танлади  4 22:42БАА. "Ал Батеҳ" сафарда 3-ўриндаги жамоа билан дуранг ўйнади, Ғаниев 90 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:23Яп Стам МЮни ким бошқариши кераклигини айтди  3

Timur Yafarov butsalarini mixga ildi Yangiliklar

Timur Yafarov butsalarini mixga ildi

Teglar :  Timur Yafarov
Jarohat futbolchi bilan doimo yonma-yon yuradi. Og'ir jaroxatlarga yo'liqib, yana yashil maydonga qaytishga o'zida kuch topa oladiganlar ham yo'q emas.
Aksincha ketma-ket jaroxatlar orttirib, muammolar girdobiga tushib qoladigan futbolchilarning ayrimlari esa shartta butsalarini mixga ilishga qaror qabul qiladi.

Ana shunday futbolchi bu – Timur Yafarovdir. Endigina 31 yoshni qarshi olgan himoyachi boshidan og'ir jaroxatlarni o'tkazdi va so'nggi paytlarda to'liq kuch bilan mashg'ulotlarda ishtirok etishga qiynaldi. Bungacha birinchi liga ishtirokchisi sobiq “Oq-tepa” sharafini himoya qilgan Yafarov jamoasi o'z faoliyatini to'xtatgach, hech bir klubda ko'rinish bermadi. Yaqinda Timurning o'zi bilan bog'langanimizda, futbolchilik faoliyatini yakunlaganini, bunga ketma-ket jaroxatlarga yo'liqayotganini asosiy sabab deya qo'shimcha qildi.

Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, mahoratli himoyachi katta futbolga Toshkentning “Lokomotiv” klubi orqali kirib kelgandi. So'ngra, “Bunyodkor”da faoliyat yuritdi va keyinchalik “Andijon”, “Mashal” va birinchi ligada “Oq-tepa” uchun o'ynaydi.

2007 yili olimpiya terma jamoamiz safida bir nechta o'yinlarda sardorlik vazifasini bajargan Yafarov milliy terma jamoamiz tarkibida bitta o'yin o'tkazgan va o'z hisobiga bitta gol yozdiriyub qo'yishga muvaffaq bo'lgandi.

Ayni damda oilasi davrasida bo'lgan Timur endilikda murabbiylikka o'tishga xarakat qiladi. Buning uchun u maxsus kurslarda tahsi olmoqchi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика