So’nggi yangiliklar

17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  10 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  1 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  8 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4

Timur Turdiev: "Lokomotiv" O'zbekistoning etakchi klubi ekanini isbotladi" Yangiliklar

Timur Turdiev: "Lokomotiv" O'zbekistoning etakchi klubi ekanini isbotladi"

O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Lokomotiv" (1:5) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev matbuot anjumanida qatnashdi.




"Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Raqib Superliganing etakchi klubi ekanini isbotladi, bu klub bir necha yillar davomida O'zbekiston chempioni bo'lgan, kubokni qo'lga kiritgan.

- Transfer oynasi paytida "Lokomotiv"da o'ynayotgan Igor CHikrizovni olib kelsa bo'lmaydimi?

- Qani endi shunday bo'lsa. "Lokomotiv" uni osongina qo'yib yubormasa kerak. Agar bizga kelsa xursand bo'lardik.

- Bugun "Lokomotiv"dan o'rganish kerak bo'lgan 3ta narsani ayta olasizmi?

- To'g'risi bugungi bahsni videosini tomosha qilib, kamchiliklarni bilib olamiz va ularni bartaraf etishga urinamiz. "Lokomotiv" jamoasi yaxshi ijrochilarga ega. Markaziy yarim himoyasidagi futbolchilar ancha yaxshi o'ynashdi. Mana shu o'yinchilar darajasiga chiqish uchun yigitlarimizni tayyorlab boramiz.

- Bugun "Aral Samali" safida bir o'yinchi sizning jahlingizni chiqardi. O'yinga tayyor bo'lmagani sezildi...

- Umumiy guruhdagi mashg'ulotlarda ancha yaxshi holatda edi. O'yindan oldin ham uning holatini so'radik, ammo tayyor emasligi ko'rinib qoldi va uni qayta o'zgartirishga majbur bo'ldik.

Muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman. Ular har bir o'yinda bizni munosib qo'llab turishibdi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Yigitlarimizni shunday qo'llab turishlarini so'rab qolgan bo'lardim.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика