So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

Timur Turdiev "Birinchi bo'limda yigitlarda qandaydir qo'rquv hissi bor edi" Yangiliklar

Timur Turdiev "Birinchi bo'limda yigitlarda qandaydir qo'rquv hissi bor edi"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Turon" - "Aral Samali" (4:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev jurnalistlar savollariga javob qaytardi.





O'yin haqida

- "Turon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yinda ikki bo'limda ikki xil o'yin ko'rdik. Birinchi bo'limda yigitlarda qandaydir qo'rquv hissi bor edi. Tez gol o'tkazib yuborish natijasida ruhiy bosimga uchradik. Ikkinchi bo'limda yigitlar o'ziga kelishdi. "Turon" Superliga ishtirokchisi, bu jamoa tarkibida tajribali futbolchilar bor.

- Jamoangizning standart vaziyatlarda faolligi yuqori bo'lishiga qaramasdan o'yin mobaynida yarim himoyachilar faollik ko'rsatishmadi...


- Biz qanotlarda faollikni oshirmoqchimiz, bu borada ishlayapmiz. Hozir jamoamiz mahalliy futbolchilar evaziga shakllantirilgan Superliga talabi darajasida tarkibimiz yo'q. Biz tarkibni kuchaytirish borasida harakat qilayapmiz.

- Birinchi bo'limning o'zida ikki o'zgarishni amalga oshirdingiz. Bunga qanday izox berasiz?


- Birinchi o'zgarish futbolchimiz oyog'ini noqulay bosib olgani uchun yuzaga keldi. Ikkinchi o'zgarish o'tgan o'yinda "Oq-tepa" bilan bo'lgan uchrashuvda jarohat olgan futbolchimiz o'zini zaxiraga olishni so'radi. Har ikki o'zgarishni ham majburiy tarzda amalga oshirdik.

- Tajribali hujumchi Nauriz Alimov nega zaxirada qoldirildi?


- Nauriz Alimov borasida bizda reja bor edi. Uni ikkinchi bo'limda tushirib o'yinni kuchaytirmoqchi edik. Uni birinchi bo'limdan tushirishga majbur bo'ldik. "Turon" yangi jamoa, kelajakda yaxshi natijalar qayd etishiga tilakdoshmiz.

- Aytib o'tganingizdek, uchrashuvning ikki bo'limi ikki xil ko'rinishda o'tdi. Tanaffusda shogirdlaringizni qanday ruhlantirdingiz?


- Ikkinchi bo'limda bir oz taktik o'zgarishlarga qo'l urdik. Bu o'z mevasini berib raqib darvozasini ishg'ol qildik.

- Jamoa lideri sifatida kimni ko'rsata olasiz?


- Jamoamizda bugun bir oz hadik bordek ko'rindi. Biz anchadan buyon Superliga jamoalariga qarshi o'ynamagan edik. Pro-ligada ham bu yil o'ynayapmiz. Superligani darajasi baribir boshqacha. "Turon" ikkinchi tarkib bilan emas, aralash tarkib bilan harakat qildi. Ularga g'alaba zarur ekanini bilardik, shu sabab ular tarkib borasida tavakkal qilishlariga xavf bor edi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика