Timur Turdiev: "Aral Samali" 95 daqiqa davomida ustunlik qildi, ammo..."
22 okt 2021 13:20
Yangiliklar
Timur Turdiev: "Aral Samali" 95 daqiqa davomida ustunlik qildi, ammo..."
Pro liganing 22-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "SHo'rtan" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yinning 95 daqiqasida ustunlikka ega bo'ldik, vaziyatlardan foydalana olmadik. Deyarli bo'sh darvozaga gol ura olmagan holatlar bo'ldi. "SHo'rtan"da bittagina imkoniyat bo'ldi, o'shandan gol urib ketdi. Bizda yakunlashda ishlashimiz kerak.
Futbolda omad ham ko'p ahamiyatga ega, bo'sh darvozaga ura olmaslikni... nima deyishga ham xayronman.
Qolgan ikkita o'yinda yaxshi natijani qo'lga kiritishni xohlaymiz.
Bugun kun sovuq bo'lishiga qaramay stadionga kelib, "Aral Samali" jamoasini qo'llab-quvvatlab turishganiga rahmat aytaman.
To'g'ri U-14 chempionatiga bora olmadik, ammo qolgan jamoalarimiz barcha musobaqalarda ishtirok etishadi", - deydi Timur Turdiev.
Fikrlar