So’nggi yangiliklar

01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  3 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  2 00:28Акмал Рустамов: "Ўйлайманки, биз ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз"  0 00:16"Манчестер Юнайтед" клуби қайта тамирланган Каррингтон базасини намойиш этди  0 23:57Улуғбек Бакаев: "Агар дуранг бўлганида адолатли бўларди"  4 23:31"Пахтакор"ни чемпионлик курашидан чиқаришга ҳали эрта" — Азамат Абдураимов билан иккинчи давра старти таҳлили   2 23:16Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Бунёдкор" "Шўртан"ни мағлуб эта олмади  10 22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  2 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  13 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  2 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15

Timur Kapadze: "Yigitlar vazifani yaxshi va to'g'ri bajarishdi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Yigitlar vazifani yaxshi va to'g'ri bajarishdi"

Superliga 5-tur doirasidagi "Metallurg" – "Olimpik" (1:4) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. O'yinga tayyorgarlik ko'rib, "Metallurg"ni o'rganib chiqqandik. Yigitlar vazifani yaxshi va to'g'ri bajarishdi. "Metallurg"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Jamoa yomon emas. Turnir jadvalidagi hozirgi vaziyat "Metallurg" uchun mos emas. 

- Saidazamat Mirsaidovda jarohat bormidi? U erta almashtirildi...

- Ha, unda ozgina jarohat bor edi. Bazi vaziyatlarda uning jarohati halal berib qoldi.



- OTJ futbolchilari uchun alohida ko'rsatmalar beryapsizmi?

- Yo'q, bu futbol. Kimnidir asrayman deb balki o'yinga qo'ymasman, lekin baribir mashg'ulotlar ham bor. Barcha peshonasida borini ko'radi. Futbolchilar o'ziga yaxshi qaray olsa, jarohatlar bo'lmaydi.



- Olimpiya terma jamoasiga nomzodlarning ko'pi o'zini yaxshi ko'rsatmoqda. Masalan Abduvohid Nematov, Hamidillo Abdunabiev, Ibrohim Ibragimov, Otabek Jo'raqo'ziev...

- Bu birinchi navbatda o'zlari uchun yaxshi. Futbolchi sifatida obro'si va narxi o'sadi. Yaxshi o'ynaydigan futbolchilar ko'p bulsa yaxshi. Bu o'z navbatida menga ham tarkib masalasida qiyinchiliklar tug'diradi. Bu borada biz murabbiylar shtabi bilan birga xulosa chiqaramiz. Ularning o'yini o'zlari va jamoa uchun yaxshi. OTJ uchun qay darajada yaxshi tayyorgarlik ko'rishsa, o'yinimiz ham yaxshiroq bo'ladi. Bu men uchun yoqimli boshog'riq.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика