So’nggi yangiliklar

19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  8 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0

Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo'ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o'z maqsadimizga erishishimiz kerak" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo'ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o'z maqsadimizga erishishimiz kerak"

O'zbekiston olimpiya terma jamoa Timur Kapadze Vetnam ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- O'yin haqida

- G'alaba bilan tabriklayman. Yaratganga shukr, guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozondik. O'yinga tayyorlagan rejamiz ish berdi va bugun g'alaba qozondik. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz. Saudiyaga qarshi o'yin qiziqarli bo'lishiga shubham yo'q. 

Alisher Odilov

- O'yin haqida 

- O'zbek halqini g'alaba bilan tabriklayman. Maqsadimiz keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonish.

- Jamoangiz 9 ochko to'pladi va birorta gol o'tkazib yubormadi. Guruh bosqichidagi yuz foizlik natija futbolchilaringizning o'ziga bo'lgan ishonchini yanada oshiradimi?

- Bunday natija qayd etish yaxshi. Bugun yaxshi o'ynadik va deyarli raqib hujum qilishiga yo'l qo'ymadik. Asosiysi, keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rish.

Alisher Odilov

- Guruh bosqichidagi yuz foizlik natija o'zingiz bo'lgani ishonchni yanada oshiradimi?

- Ushbu natijani davom etirishimiz kerak. Keyingi qolgan uchta uchrashuvda ham gol o'tkazmaslikka harakat qilamiz.

- Ikki yil avval finalda Saudiyaga Arabistoniga alamli tarzda mag'lub bo'lgandik. O'sha final alamini olish vaqti keldi. Saudiyani bu safar qanday mag'lub etmoqchisiz?

- Ikki yil oldingi Saudiya bilan hozirgi Saudiya tarkibida katta o'zgarishlar bo'lgan. U vaqt ichida biz ham katta o'sishga erishdik. Osiyo o'yinlarida ham Saudiya bilan o'ynadik va g'alaba qozondik. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar o'z maqsadimiz sari yurishda davom etamiz. Saudiya ham yaxshi jamoa.

- Jamoangiz musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biri ekanligi shubhasiz. Pley-off bosqichida kuchli raqiblar bilan to'qnash kelishingiz aniq. Ayrim bir murabbiylar kuchli jamoalarga qarshi alohida reja tuzadi. Siz Saudiya kabi kuchli jamoaga qarshi alohida reja tuzib chiqasizmi?

- Albatta. Guruh bosqichida osonroq bo'ladi. Pley-offda esa Osiyoning eng kuchli jamoalari yig'iladi. O'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun 2 kun vaqtimiz bor. Saudiyani o'rganib chiqamiz va yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Qanday raqib bo'lmasin, biz o'z maqsadimizga erishishimiz kerak.

- Jamoangiz namoyish etayotgan bunday ishonchli o'yinning sababi nima deb o'ylaysiz? "Olimpik" jamoasining tashkil etilgani bunga asosiy sabab deb o'ylaysizmi? O'rta Osiyodagi boshqa federaciyalarga ham shunday yo'l tutishni maslahat berasizmi? Bunday klub tashkil etilgani terma jamoangizga katta foyda keltirayotganini ko'rishimiz mumkin. Qo'shni mamlakatlar ham shunday yo'l tutsa sizning jamoangizdek natija qayd etishi mumkinmi?

- "Olimpik" jamoasi tashkil etilayotgan chog'i, ushbu loyihaning maqsadi o'z klubida o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan yoshlarni bir jamoaga yig'ib o'ynatish edi. Bu reja yaxshi ish berdi deb o'ylayman. Biz ataylab boshqa klublarda o'z o'rnini topib ulgurgan futbolchilarni jamoaga jalb etmaganmiz. Hozirgi kunga kelib bizda ikkita tarkibga etarli kuchli futbolchilar bor. Loyihamiz hali hamon davom etmoqda va "Olimpik" jamoasi Superliga yomon ishtirok etmayapti deb o'ylayman. Asosiy maqsadimiz hali hamon o'sha-o'sha Olimpiyadaga yo'llanmani qo'lga kiritish.




Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика