So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Timur Kapadze: "PFLga futbolchilarni almashtirish borasida taklifimni bildirdim" Yangiliklar

Timur Kapadze: "PFLga futbolchilarni almashtirish borasida taklifimni bildirdim"

Pro-liganing 4-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Olimpik" (0:6) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

O'yin haqida

"Buxoro" bilan o'yindan so'ng bugungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. "SHo'rtan"ni har tomonlama o'rganib chiqdik. Ular ham "Buxoro" klubiga mag'lub bo'lishgandi. Asror Aliqulovni yaxshi bilaman, u istedodli murabbiy. O'yinni qanday tuzishni, jamoani tayyorlashni yaxshi biladi. Bugun qizil kartochkalar ham bo'ldi, o'yin natijasiga bu o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmadi. Bugun yigitlar yaxshi o'ynashdi, o'yinda tezkor gollar kiritishga muvaffaq bo'ldik. Bugungi g'alaba bilan barcha jamoamiz azolarini tabriklayman.

- "SHo'rtan" bosh murabbiyi bugun jamoangiz har tomonlama mahorat bobida ustun o'yin ko'rsatganini aytib o'tdi. Buni qanday uddaladingiz?


- Buning alohida siri yo'q. Tayyorgarlik jarayonida futbolchilarga tushuntirayapmiz, nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib borayapmiz. Har bir o'yinga alohida yondashamiz va jamoani raqibdan kelib chiqib tayyorlaymiz. "SHo'rtan" hozir FIFA taqiqi tufayli qiyin vaziyatda. O'ylayman-ki, bu jamoa bilan hali hammasi yaxshi bo'ladi.

- Timur aka, ko'p yillar futbolchi sifatida o'ynagansiz. Tezkor gol jamoani ruhan tushkunlikka tushishiga sabab bo'ladimi?


- O'yin 90 daqiqa davom etadi. Gol urgan jamoada g'alabaga bo'lgan ishonch ortadi.To'p o'tkazib yuborgan jamoaga ruhan tasirini o'tkazmasdan qolmaydi. Balki bugungi g'alabamizga tezkor gol ham sabab bo'lgandir. Bugun "SHo'rtan"da xatolar ko'payib ketdi. Uchinchi goldan so'ng o'yin taqdiri deyarli hal bo'ldi.

- Pandemiya davrida bir jamoaga 5 nafar futbolchini almashtirish imkoni berildi. Keyinchalik yana 3 nafarlik ko'rinishga qaytildi. Sizningcha, buning qaysi biri yaxshiroq?


- Albatta 5 nafar futbolchini almashtirish imkoniyati qolgani yaxshi edi. Men o'zim O'zPFL rahbariyatiga ham bu borada fikrimni bildirdim. Jamoada o'ynayman deb turgan futbolchilar ko'p, 5 talik imkoniyat ko'proq futbolchiga o'yin amaliyoti berishga zamin yaratadi. Hozir 3 ta deymizu, aslida 2 ta desa ham bo'ladi. 2 nafar futbolchini o'yinni kuchaytirish maqsadida zaxiradan tushirasiz, lekin 1 nafar zaxira imkoniyatini oxirigacha saqlab turishingiz kerak. Kimdir jarohat yoki kartochka olsa majburiy o'zgarish uchun imkoniyatni o'yin oxiriga qadar saqlab turish lozim bo'ladi. 18 talik ro'yxatga kiritish ham ozgina o'ylantiradi. CHunki 23 nafar futbolchi bilan kelasiz, ulardan 5 nafari qaydnomaga kiritilmasdan qolishga majbur. Rasmiy o'yinlardan tashqari qaydnomaga kirmay qolgan futbolchilar bilan bo'sh jamoa topib nazorat o'yinlarini o'tkazayapmiz. Muhimi barcha futbolchilarning jismoniy holatini ushlab turishni maqsad qilganmiz.



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика